gan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn
Sino, Najmiddin Kubro,
Yassaviy, Naqshband, Ulug'bek, Navoiy,
Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida
ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana
shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda,
zamona realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir.
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarming tari
xi eng qadimgi naqllar,
rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga,
ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen,
Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risidagi asarlarda, Al-
pomish, To‘maris va Shiroq to‘g‘risidagi afsona va dostonlarda
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko'plab
umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma’naviy merosimizning
yorqin namunasi — «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi
bo‘lganligidan unda bu
dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash me-
zonlari, o‘sha davrdagi milliy g‘oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash to‘g‘risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta
ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom
hukmron dinga aylangan edi. E’tirof etish kerakki, Qur’on va
Hadislarda ta’riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masala-
lari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan.
Shu bilan
birga, arab istilosi davrida ko‘pgina milliy qadriyatlarimizning
yo‘qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to‘g‘rida
Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus
bilan yozib qoldirgan.
Sivilizatsiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash
me’yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining
rivojiga ham nihoyatda katta aks ta’sir ko‘rsatgan. Tarixda nom-
lari saqlangan allomalarimiz o‘z navbatida butun jahon,
Sharq
madaniyatiga g‘oyat katta hissa qo‘shganlar. Bunday fikrni
Abu Hanifa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy,
Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari to‘g‘risida
ham aytish joiz. Ularning har biri o‘z zamonasida islomni sivi-
lizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ‘ib va
tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko‘tardilar, maz
kur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo‘lishida muhim
163
faoliyat ko‘rsatdilar. Ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni
zamona zayllari orasidan o‘tish jarayoniga ko‘rsatgan nihoyatd
katta ta’siri to‘g‘risida maxsus tadqiqotlar olib borish mumkin.
Afsuski, manbalar yetarli bo'lishiga qaramasdan,
yurtimiz sivili-
zatsiyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlari-
ning madaniyati taraqqiyotiga ta’siri to‘g‘risida yozilgan asarlar
haligacha kam, bu to‘g‘rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish
zaruriyati allaqachon yetilgan.
Masalaning muhimligi atoqli qomusiy olimlar — Xoraz-
miy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, al-Farg‘oniy, Ulug'bek, Lut-
fiy, Navoiy, Bobur kabi sivilizatsiyamizning zabardast namo-
yandalari ijodi va merosi ko‘zgusida yanada yaqqolroq namoyon
boladi. Zero,
ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon sivi
lizatsiyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta
hissa qo‘shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta’sirining butun olamga
yoyilishida xizmat qilganlar.
Afsuski, dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan sobiq it-
tifoqda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u
yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqot
lar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat o‘tgan asrimizning
60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba’zi mutaxassislar tomo
nidan tahlil qilina boshlagan bolsa-da, 90-yillargacha falsafa dars-
liklarida alohida mavzu sifatida o‘z o‘rniga ega bolmadi. Hukmron
mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi,
mavzularining juda
kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan
maxsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya
nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki o‘quv qollanma
chop etilmagan, hatto universitetlaming faylasuf, jamiyatshunos,
tarixchi kabi mutaxassislar tayyorlaydigan ijtimoiy bolimlarida ham
bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi.
Dostları ilə paylaş: