Falsafa asoslari


«Qadr» va «qadriyat» tushunchalari, qadrsizlanish muammosi



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   221
Falsafa asoslari

«Qadr» va «qadriyat» tushunchalari, qadrsizlanish muammosi.
Qadriyatlar to‘g‘risida G ‘arbda keng tarqalgan «Aksiologiya» (ak- 
sio — qadriyat, logos — fan, ta’limot) fani rivojlangan mamlakat­
larda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko‘pgina tamoyillar- 
ning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bolgan ilmiy sohalar 
qatoriga kiradi.
164


Bu borada «Qadr» tushunchasiga katta ahamiyat qaratish 
lozim. U muayyan qadriyatning, ya’ni biron-bir narsa, voqea, 
hodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ij­
timoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir. «Qadr» tushun­
chasi o‘zbek tilida serqirra ma’no va mazmunga ega, u tilimiz- 
dagi ba’zi ibora va so‘zlarda o‘ziga xos sharqona falsafiy mazmun 
borligidan dalolat beradi. Ana shu sababdan ham o‘zbek tilida 
qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini ang­
lash, avvalo, qadrning ma’nosini bilish orqali boradi. Insonning 
insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay olmaydi, 
balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson 
ta’sirida uning qadri va ahamiyati namoyon boladi, boshqa kishi 
esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, 
qadriga baho beradi.
Qadriyatlar muammosiga bag‘ishlangan ilmiy-falsafiy man- 
balarning ko‘pchiligida qadriyatni «baho» tushunchasi bilan qi- 
yoslash, ularga bir xil daraja va kolamdagi tushunchalar sifatida 
qarash hollari uchraydi. Ayni paytda qadriyatlar jamiyat rivoji 
va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb 
etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijti­
moiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari 
xiralashgandek tuyuladi. Masalan, yurtni yov bosganda — ozod- 
lik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — 
tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida
— sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi.
Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar 
orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona nuqtayi nazar yo‘q. 
Ularni moddiy va ma’naviy, umumbashariy va umuminsoniy 
turlarga bolish mumkin. Bu shakllar ham ularga mos ravish­
da tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o'zaro 
uyg‘unlikda, qonuniy boglanishda, umumiy aloqadorlikda na­
moyon boladi. Bunday hollardagi tahlil jarayonida ilmiy bilish­
ning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun 
va bolak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish q o l keladi.
Qadrsizlanish — muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining 
o‘z qadrini yo‘qotishi yoki pasaytirishi jarayonini, insonning o‘z
165


obro‘-e’tiborini, mavqeini yo‘qotishi, nazardan qolishi ma’nosini 
anglatuvchi tushunchadir. Jamiyat taraqqiyotida sodir boladigan 
umumiy qadrsizlanish birdaniga, bir kunda yoki to‘satdan emas, 
balki tadrijiy ro‘y beradigan jarayondir. Insoniyat tarixida qad­
riyatlar tizimi qadrsizlanib ketgan davlatlar va imperiyalarning 
tanazzulga yuz tutgani, yo‘q bolib ketgani ma’lum. Masalan, 
sobiq ittifoq hayotining oxirida, 80-yillarning oxirlarida ilgari 
zo‘rlik bilan ushlab turilgan qadriyatlar tizimining butunlay 
qadrsizlanishi yaqqol ko‘rinib qolgan edi. Oxir-oqibat, bu tuzum 
tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi.
Qadrsizlanish jarayoniga sabab boladigan ko‘plab omillai 
mavjud. Muayyan qadriyat yoki bir necha qadriyat shakllari- 
ning haddan ortiq bo‘rttirib yuborilishi, mutlaqlashtirilishi yoki 
siyqalashtirilishi, ularga noto‘g‘ri munosabatning muttasil siyosat 
usuliga aylantirilishi bunga sabab bolishi mumkin. Bunday holda 
qadriyatlar o‘z mazmun-mohiyatini, odamlarning hayoti va faoli­
yati uchun umumiy mezon, ularning intiladigan ideal yoki ularni 
muayyan maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar qiluvchi me­
zon sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi.
Qadrsizlanish muayyan qadriyat, milliy manfaatlar, davlat 
siyosatiga ishonchsizlik, odamlarning «nimalar»dandir hafsalasi 
«pir» bolishi, ko‘pchilikning ko‘ngli «qolishi» tarzida ham namo­
yon bolishi mumkin. Har bir shaxs uchun jamiyatda o‘z atrofi- 
dagilar o‘rtasida o‘z qadrini yo‘qotish odamiylikni yo‘qotish bilan 
barobar boladi. Shuning uchun har bir shaxs qadrsizlanish so‘zi 
anglatadigan ma’nodagi xususiyat o‘zida shakllanib qolmasligiga 
intilishi zarur boladi.
Qadrsizlanish faqat shaxslar o'rtasidagina bolib qolmasdan, 
balki boshqa sohalarda ham ro‘y berishi mumkin. Masalan, qim- 
matli qog‘ozlar, pullar, ashyolar ham qadrsizlanishi mumkin. 
Bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablaglar va 
qimmatli qog‘ozlar misolida ko‘rish mumkin. Ba’zan qadrsiz­
lanish oqibatida ma’lum bir mamlakatlarda pullar va qimmatli 
qog‘ozlarni isloh qilishga zarurat seziladi. Qadrsizlanish iqtisod- 
ning barcha sohalarini qamrab olishi, muayyan davlat yoki butun 
jahon inqirozi tarzida ro‘y berishi mumkin. Bunday hoi iqtisodiy
166


bo‘hronga olib keladi va butun dunyoda umumiy muammolarni 
keltirib chiqarishi shubhasiz.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin