Falsafa asoslari


Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   221
Falsafa asoslari

Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni. 
Davlat — jamiyatni 
boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga 
qaratilgan alohida muassasa. Davlat umuminsoniy qadriyat, in­
soniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutugldir.
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy 
boshqarish shakl va usullari ham takomillashib boradi. 0 ‘zgargan 
tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga 
yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillari- 
da milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning 
tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va 
ahamiyat kasb etdi.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham 
faoliyat ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat 
tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyo­
siy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli 
jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, ma­
halla qo'mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuk- 
saltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qara­
tilgan.
Demokratik jamiyat. 
Demokratik jamiyatni barpo etish — 
0 ‘zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilar­
ning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asosla- 
nadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday 
jamiyat erkin uyushmalarning ko‘p qirrali aloqasi bolib, davlat 
qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi
151


elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat 
va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, sabr-toqat va mu- 
zokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson 
shaxsini shakllantirishni talab etadi. 0 ‘z navbatida, ma’naviy 
yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi. Bu- 
gun bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asos- 
langan, qonun ustuvorligiga tayangan, erkin, demokratik jami­
yat barpo etishdir. Undagi «erkinlik», «demokratiya», «qonun 
ustuvorligi» so‘zlariga e’tibor qaratish kerak. Bu tushunchalar 
0 ‘zbekiston qurayotgan jamiyatning qanday umuminsoniy ta- 
moyillarga, qadriyatlarga asoslanishini ko‘rsatadi. Shuning uchun 
ham mamlakatimizda yashaydigan barcha insonlar uchun mil- 
lati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoitini yaratib 
berish, rivojlangan demokratik davlatlar kabi kafolatlangan tur­
mush darajasi va erkinliklarini ta’minlash davlatimiz siyosatining 
falsafiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu — xalqimizning asriy 
an’analariga, insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga 
sodiq qolgan holda rivojlangan davlatlar tajribalaridan shuncha- 
ki nusxa ko‘chirmasdan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘lni 
izchil davom ettirishni anglatadi. Bu jamiyat hayotini demokrat- 
lashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashti- 
rish, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat 
va jamiyat qurishni erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini 
oshirish, siyosiy hayotda haqiqiy ma’nodagi ko‘p partiyaviylikni 
qaror toptirishni bildiradi. Bu mahalliy hokimiyat va fuqarolar- 
ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat doirasini kengayti- 
rish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich 
o‘tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquq va 
mavqeini oshirishni ko‘zda tutadi.
0 ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonlarining 
huquqiy asosini 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
ko‘ramiz. Konstitutsiya o‘ziga xos falsafiy mazmunga ega bolib, 
unda 0 ‘zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning ustu­
vor maqsadlari, tamoyillari, inson huquq va erkinliklari o‘zining 
yaqqol ifodasini topgan.
152


Mustaqillik mamlakatimizga jahon sivilizatsiyasining eshigini 
ochdi, uning teng huquqli a’zosi bo‘lish va dunyodagi eng rivojlan­
gan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallash imkonini yaratdi. 
Bugungi kunda xalqimizning ana shu yolda amalga oshirayotgan 
ulkan bunyodkorlik faoliyati sivilizatsiyalashgan mamlakatlarga 
xos hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan.
«Sivilizatsiya» tushunchasi. Ma’lumki, lotin tilidagi «civil is» 
so‘zi asosida shakllangan, fuqaroviy, ijtimoiy degan ma’nolami 
anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixida dastlab shot- 
land tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723—1816) jahon tari­
xiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz 
ma’rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, 
degan ma’noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizatsiya 
tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda 
uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi 
sifatida ishlatgan bolsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa, ak- 
sincha, uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyat­
ning halok bolish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz 
sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o‘ziga xos va nisbatan yopiq 
bolgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan.
Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xil- 
lik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1) ij­
timoiy rivojlanishning yowoyilik va varvarlikdan keyin keladigan 
bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum 
bir bosqichini (masalan, neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon 
sivilizatsiyasi); 3) ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 4) 
geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa 
yoki Osiyo sivilizatsiyasi); 5) diniy mansubligiga ko‘ra, farqlanuv­
chi madaniy birliklarni (masalan, xristian yoki islom sivilizatsi­
yasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi 
birliklarni (masalan, Yer sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivi- 
lizatsiyalar); 7) etnik asosga k o la farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy 
birliklarni (masalan, qad. Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) va shu 
kabi ma’nolarni ifodalash uchun qollanib ke' moqda.
Sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifaiiy o'ziga xosligini, 
u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish
153


kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan 
umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Bu- 
larning barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bolishi 
uchun imkoniyat yaratadi. Bu sifatiy xususiyatlarning yo‘qolishi 
sivilizatsiyaning halokatini anglatadi.
Ushbu mulohazalardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, 
sivilizatsiya tushunchasi muayyan xalq, mamlakat (jamiyat)ga 
yoki uning rivojlanishining sifatiy jihatdan farqlanuvchi ayrim 
bosqichlariga nisbatan ishlatilgandagina, u aniq ilmiy mazmunga 
va demakki, metodologik ahamiyatga ega boladi. Aynan etnik 
birliklar, mamlakatlar darajasida sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi, 
asosiy xarakteristikalari o'zini yaqqol namoyon etadi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin