rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi.
Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo
bolishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va
azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan mark-
sizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e’tibor berilar edi. U mut-
laqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddi-
yatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli
hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat
paydo bolibdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat
va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod
ziddiyatlar kamroq bolgan, kishilarning xilma-xil intilish va
maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan,
barqarorlik ustuvor bolgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib
kelmoqda.
Ana shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt —
ziddiyat, logos — ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish pay
do bolishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim
va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni
keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat
uchun foydali tarzda hal qilish yollari va usullari ustida bosh
qotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga,
yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga
o‘tishga sabab boladi. Olam turli-tuman bolganligi uchun zid
diyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar,
asosiy va asosiy bolmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq
bolgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki amalda,
hayotda ular bir-biriga o'tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda
turli xil o‘rin tutishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: