Tayanch tushunchalar:
olam, ontologiya, borliq, borliq shakl
lari, individual borliq, ijtimoiy borliq, real borliq, virtual borliq,
yo‘qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, rivojlanish, fazo,
vaqt, tabiat, tabiiy muhit, biosfera, noosfera, hayot.
109
Takrorlash uchun savollar
1. Olam nima va unda odamning o‘rni qanday?
2. Borliq va yo‘qlik tushunchalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Borliqning murakkab tuzilishi deganda nima tushuniladi?
4. Real, konkret va virtual borliqning o'ziga xos xususiyatla-
rini tushuntirib bering.
5. Mavjudlik va reallik nima?
6. Harakat va uning asosiy shakllari to‘g‘risida so‘zlab bering.
7. Fazo va vaqt, makon va zamon qanday ma’nolarni anglata
di?
8. Hayot nima va uning mazmuni nimadan iborat?
5-mavzu. Olamning universal aloqalari va rivojlanish.
Falsafaning qonun va kategoriyalari
Olamdagi aloqalar, o‘zgarish va rivojlanish. Bog‘lanishlarning
turlari.
Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi,
bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi, rivojlanishi, ular
o'rtasidagi aloqadorlik va o‘zaro ta’sir kabi masalalar qadimdan
mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o'rtasida turli bahs, munozara,
tortishuvlarga^ sabab bolgan. Chunki ular to‘g‘risida aniq bilimga
ega bolmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish man-
bayi, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida hamda, eng asosiysi,
kelajak haqida ilmiy tasawurga ega bolish qiyin.
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya’ni eng mayda zarra-
chalardan tortib to Yer, quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jum-
ladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o‘zgarish va rivoj-
lanishdadir. Ular o‘rtasida abadiy o‘zaro bogliqlik, o‘zaro ta’sir
va aloqadorlik mavjud. Olamda o‘z-o‘zidan, tasodifly ravishda
hech qanday harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi.
Biz narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga
ular o'rtasidagi boglanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos
boladi, deymiz. Albatta, olamdagi har qanday boglanish ham
rivojlanishga sabab bolavermaydi. Chunki bu boglanishlarning
kolami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha. Boglanishlar
ning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va
110
tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va ho-
kazo boglanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohi
da, ular bilan bogliq, o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bolmagan
birorta ham voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro
boglanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish so-
dir boladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga,
yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bolishi
turli darajada bolganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tugllgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, yarim
yil mobaynidagi o‘zgarishini, ya’ni ulg‘ayishini yoki bolmasa, ta
biatdagi qish faslidan bahor fasliga o‘tishdagi o‘zgarishlarni oddiy
ko‘z bilan yaqqol sezish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet,
masalan, Yer qa’ridagi ichki jarayonlarni ma’lum davrdan ke
yin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar zilzilalar,
vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida esa g'aflatda
qolib kelmoqdalar. Ya’ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yo~
ruglik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y ber
gan o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson
anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon boladi. Ulardagi o'zaro
bogliqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson
ko‘rish va ilg‘ash mumkin bolgan, ochiq-oydin ro‘y beradigan
voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohi
yatini ilg‘ash qiyin bolgan va murakkab ichki sabablar natijasida
kechadigan jarayonlar va o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tu
shunchasi qollaniladi. 0 ‘rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida
bu ikki tushunchaga alohida e’tibor berilgan.
«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilgan-
ligi sababli, bu yerda uning quyidagi qisqa ta’rifi bilan chekla-
namiz: harakat deb olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi.
Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan mu-
rakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin
bu jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan
spiralsimon shakldagi harakatdan iborat b o l shi mumkin.
Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o‘tm ishdan
kelajakka tomon o‘tishi ham, lekin makonda voqea va hodisalar-
l l l
ning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bolib
turadi. Ba’zida taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida oldingi
bosib o‘tilgan davr takrorlangandek boladi, ammo bu ilgarigidan
farq qiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Hol-
buki, har kuni tongda o‘sha quyosh chiqadi, o‘sha tog‘u toshlarni,
bog‘u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar
ham, ish va tashvishlar ham hamon o‘sha-o‘shadek. Kimdir ishga
shoshadi, kimdir o‘qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekor-
chilikdan zerikadi... Ammo dunyo o‘zgarmadimi bu bir kunning
ichida? Unda minglab bolalar tugllmadimi, son-sanoqsiz jara
yonlar ro‘y berib, Yer sayyorasining turli burchaklaridan boshqa
joylarga qanchadan-qancha axborotlar tarqatilmadimi? Ona za-
min o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimi?
Bularning barchasi bir kunu-tunda ro‘y bergan botiniy va zohiriy
o‘zgarishlarning namoyon bolishidir.
Dostları ilə paylaş: |