Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   221
Falsafa asoslari

Rivojlanish.
O'zgarishlarning shunday bir shakli borki, uni 
falsafada rivojlanish deb ataladi. Rivojlanish bu — muayyan 
sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga 
qaytmaydigan, ilgarilanma yo‘nalishga ega bolgan, miqdoriy va 
sifatiy o‘zgarishidir.
Shu jihatdan harakatning ikki xil turi bir-biridan farq qilina­
di. Harakatning birinchi turi jismda uning sifati va turg'unligini 
saqlagan holda ro‘y beradigan ichki o‘zgarishlarni 
o z
ichiga ola­
di. Ya’ni har qanday jismda beto‘xtov ichki o‘zgarishlar ro‘y berib
103


turadi, lekin bu o‘zgarishlar shu jismning tashqi sifatiga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatmaydi.
Atrofimizni qurshab turgan har bir jism molekulalardan, 
molekulalar esa atomlar va elementar zarrachalardan tashkil top- 
gan ekan, bu jismlarning molekulyar va atom tuzilish darajasida 
ham beto‘xtov o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. Shuningdek, har 
bir jism o‘zining atrofidagi boshqa jismlarning va ulardan tar- 
qalayotgan nurlanishlarning ta’siriga ham uchrab turadi. Bunday 
tashqi ta’sirlarni o‘zida in’ikos ettirish jarayonida ro‘y beradigan 
o‘zgarishlar ham bu jismning sifatiy o‘zgarib ketishiga olib kel- 
masligi, uning turg‘unligi va asosiy sifati saqlanib qolishi mum- 
kinligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Biz yuqorida qayd etgan ichki va tashqi ta’sirlar oqibati- 
da ro‘y beruvchi o‘zgarishlar asta-sekin to‘planib, keyinchalik 
jismda keskin sifatiy o‘zgarishning vujudga kelishiga ham sabab 
bo‘lishi mumkin. Mana shunday o‘zgarish, ya’ni jismning sifa- 
tini o‘zgartiruvchi harakat ikkinchi turdagi harakatga kiradi va u 
rivojlanish deb ataladi.
Rivojlanish jarayoni ham ikki turda boladi. Birinchi turdagi 
rivojlanish bo‘yicha, jismda har qanday sifatiy o‘zgarish ro‘y beri- 
shiga qaram^sdan, uni tashkil etgan materiyaning sifatiy tuzilish 
darajasi o‘zgarmasdan qolaveradi.
Masalan, notirik tabiatga mansub bolgan quyoshdagi rivoj- 
lanishni olib qaraylik. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, hozir 
sirtida 6 ming, ichida esa bir necha mln. darajali haroratga ega 
bolgan quyosh borib-borib soviydi va qizil gigantga aylanadi, 
ya’ni quyoshning markazidagi termoyadro energiyasi so‘ngach, 
ichki zichligi pasayadi va markazdagi tortishish quvvati susayadi. 
Oqibatda quyosh shisha boshlaydi va Yer orbitasini ham o‘z ichiga 
olgan ulkan qizil yulduz vujudga keladi, u asta-sekin sovib, qizil 
karlikka, so‘ngra esa «qora karlikka», keyin bolsa neytron yul- 
duzga aylanadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida borliqning tash­
kiliy struktura darajasi o‘zgarmaydi, ya’ni jonsiz tabiat shaklidagi 
darajasi saqlanadi.
Jonli tabiatning vujudga kelishi, o‘simliklar va hayvonot ola- 
mining paydo bolishi, odamning shakllanishi, jamiyatning vu-
104


judga kelishi singari sifatiy o‘zgarishlar esa, rivojlanishning ik­
kinchi turiga kiradi.
Falsafa fanida harakatning bir-biridan sifatiy farq qiluvchi bir 
qancha boshqa shakllari ham o‘rganiladi.
Materialist bo‘lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumla- 
ganida, quyidagi mulohazalarga tayanib ish yuritadilar:
1) harakat shakllari bir-birlari bilan sifat jihatidan farq qilib, 
ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarinmg 
muayyan bosqichida namoyon boladi;
2) materiyaning harakat shakllari bir-biri bilan genetik jihati­
dan, kelib chiqishi jihatdan ketma-ket bog‘langan, ya’ni harakat­
ning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllari- 
dan kelib chiqqandir;
3) harakatning yuqori shakllari tarkibidagi quyi shakllari 
uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning 
yuqori shakli o‘zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir. 
Shu mulohazalarga tayangan holda, harakatning beshta shaklini 
ajratib olish mumkin. Ular — mexanik, fizik, kimyoviy, biologik 
va ijtimoiy harakatlardir.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin