Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda,
ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bo-
bil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri
bo‘lgan Shumer davrlarini, qadimgi
Xitoy va Hindiston diyorida
yashagan xalqlarning ma’naviy merosini esga oladi. Bularning
har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining
o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan
tarzda namoyon bolishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat
o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix»
darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davr
larda qanday
siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va
imperiyalar bolganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi
falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohaza-
lari, o‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq
tanishmoqchimiz.
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi.
Ko‘xna
Sharq sivilizatsiya-
sining beshiklaridan biri bolgan Misr, qadimgi zamonda ilk o‘troq
hayot va o‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryo-
si bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.
Eramizdan awalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi
ming yillik bbshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki
diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya,
kosmologiya, matematika, mifologiyaga
oid qarashlar birmuncha
rivoj topa boshlagan edi. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning
yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam
haqidagi tasaw urlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot
fanlari
rivoji bilan bogliq ekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu
tasawurlarning mifologiya bilan bogliq bolganini ko‘rsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik
hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida
tahlil etilgan, o‘rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan.
Bu - o‘sha davr uchun tabiiy hoi edi, ya’ni u — davrning inson
ongida
aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy tarz
da ifodalanishi edi. Aynan ana shu hoi tabiiy bilimlar rivojiga,
garchand sodda tarzda bolsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy
asosda izohlanishiga sabab bolgan.
30
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida n i
hoyatda ojiz bolgan odamzod, albatta, tevarak-atrofdagi voqea-
hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hoi edi.
Shu bilan birga,
odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy
tushunish ko‘nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o‘sha qadim
zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmas-
likning imkoni ham yo‘q edi. Bu - o‘sha davrlardan qolgan yoz~
ma manbalarda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayoti
ning mazmuni haqida suhbati», «Mug‘anniyning qo‘shig‘i»,.«0‘z
hayotidan xafsalasi pir bolgan kishining o‘z joni bilan suhbati*
kabi bitiklarda aks etgan.
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy
xususiyati
shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, ilohiy
kuchlarga ishonch, ularning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan
ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bolgan bolsa, ik
kinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bolsa-da, dunyoviy
bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan.
Umuman, bunday xususiyatni, qadim
zamondagi barcha sivili-
zatsiyalarga xos deyish mumkin.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: