Eng awalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — ta
biat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amal
ga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h.k.) asosiy
vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf
qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib
berishdan iborat.
Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez
bo£ladi. Taraqqiyot
qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga
erishish qiyin. Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonun
larini pisand qilmay, turli xil syezd, plenum, konferensiya qaror-
lari asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun farovon hayot
— kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bolishganini va bun
day siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma’lum.
Hozir mustaqil 0 ‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar
singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan de
mokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yoli dan bormoq
da. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga
xos xususiyatlari e’tiborga olingan.
Endi shunday savol: Nima uchun inson qonunni bilishi
kerak? Bunda oddiy misollarga murojaat qilamiz: yoz oylarida
barcha odamlar issiq kiyimlar (etik, palto, qolqop va h.k.) so
tib
olishadi, o‘tin yoki ko‘mir g‘amlab qo‘yishadi va h.k. Nima
uchun? Chunki ular tabiatning bitta qonunini, ya’ni fasllarning
o‘zgarishi, yozdan keyin kuz, undan keyin qish kelishini juda
yaxshi bilishadi.
Yoki yana bir, jo‘nroq bolsa-da, misol: sizga birov uyning
5-qavatidan tashlasang,
falon pul beraman desa, rozi bolmaysiz.
Nima uchun? Chunki siz I. Nyuton kashf qilgan «Butun olam
tortishish qonuni»ni yaxshi bilasiz. Balki bilmassiz ham, havo-
ning o‘z jismingizdan zichligi kamligiga e’tibor qilmassiz ham,
deylik. Ammo siz bu holda omon qolishingiz qiyinligini, mayib
bolishingizni yaqqol tasawur qilasiz.
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkin-
dir. Erkinlik nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har
qanday qonunga xos
belgilardan biri zaruriylik, ya’ni obyektiv
tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bolishdir. Erkinlik
113
esa ana shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan
iborat faoliyatni anglatadi.
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javob-
garlikdan xolos qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonun-
larni qancha yaxshi bilsangiz, o‘zingizning faoliyatingizni shunga
moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo‘lasiz.
Bu holda
siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz,
qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga quyidagicha ta’rif
berish mumkin: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim,
zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, o‘zaro
aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Endi qo
nunning belgilariga to‘xtalamiz:
— qonun turli-tuman aloqadorliklar, boglanishlardan faqat
muhimlarini, ya’ni shunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bu-
lar olamning mavjudligi, o‘zgarishlari
va undagi narsa hamda
hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi;
— qonun zaruriy boglanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodi-
fiy boglanishlar, goh paydo bolib, goh yo‘qolib ketadigan
boglanishlarga asoslanmaydi;
— qonun'narsa va hodisalarning umumiy boglanishlarini ifo
dalaydi.
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog‘lanishlarni
(munosabatlarni) ifodalaydi, ya’ni bir safar yuz berib,
ikkinchi
safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni qonun qamrab olmaydi.
Masalan, 2019-yili qishdan keyin bahor kelib, 2020-yilda qishdan
keyin birdaniga yoz kelishini tasavvur qilib bolmaydi. Chunki,
bu tabiat qonuni — fasllar o‘zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi.
Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati — u
obyektiv xarakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham
bogliq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham,
tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q
qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil
qilgan boglanishlar, munosabatlar obyektiv xususiyatga ega.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: