Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari. Tibbiy tarbi- ya har doim ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan bo‘lib kelgan. Chunki u inson mavjudligining shartlaridan biri jismoniy sog‘lomligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun qa- dimdan ham insonning jismoniy jihatdan sog‘lig‘i, mehnat, to- zalik, ozodalik bilan bog‘liqlikda qaralgan. Bu xususda bebaho qadriyatlarimizdan biri «Avesto» kitobida ham to‘xtalib o‘tilgan. Ya’ni naslning, zurriyodning sog‘lom bo‘lishi borasida bundan 3000 yil ilgari ajdodlarimiz qayg‘urishgan.
Fan-texnika taraqqiyoti, aholi sonining ortib borishi, jami- yatning tabiatga ta’sirini kuchaytirib, ekologik vaziyatni murak- kablashtirmoqda. Shunga ko‘ra, ekologik muvozanatni barqaror- lashtirish hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Zero, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Inson tabiat bilan birga yashaydi. U tabiatga ta’sir etibgina qolmasdan, unga bog‘liq hamdir. Ana shu holat kishilarning atrof-muhitga, tabiatga bo‘lgan munosabatlarini muvofiqlashtirishni taqozo eta- di.
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib, in- son va tabiat o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi oqi- batida atrof-muhitga katta ziyon yetkazilmoqda. Ona tabiatga is- tiqbolni ko‘zlab munosabatda bo‘lish, kelajak avlodga uni go‘zal va tabiiyligicha qoldirish — bugungi kunning muhim vazifasi.
Markaziy Osiyo hududidagi xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi orasida avloddan avlodga o‘tib kelgan bir qoida mavjud. Bu har qanday sharoitda ham: eng kam miqdorda xomashyo, vaqt
1 Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. —T.: 0‘zbekiston, 2017. -10 b.
314
hamda kuch sarflab, ko‘proq mahsulot olish qoidasidir. Buning tejamkorlik, ekologik jihati xalq orasida «uvol» degan so‘zning juda keng tarqalganligi va unga amal qilinishidan iborat.
Insonning har qanday ekologik faoliyati o‘zini va o‘zi yashayot- gan tabiiy-ijtimoiy muhitni axloqiy hamda estetik o‘zlashtirish jarayonidir. Shu jumladan, ekologik madaniyatni yuksaltirish insonning tabiatni maqsadga muvofiq axloqiy hamda estetik o‘zlashtirishdan iborat maxsus faoliyatidir.
Dostları ilə paylaş: |