Falsafa asoslari


Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə148/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari. Bugun shid- dat bilan rivojlanib borayotgan taraqqiyot zamonning o‘zgarishiga unga mos ravishda jamiyat a’zolariga bo‘lgan talablarning o‘zgarishiga olib keldi. Shu munosabat bilan inson hayotiga, uning turmush tarziga turli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi yangi tushunchalar kirib kelayapti. Ayniqsa, xususiy mulkchilik paydo bo‘lgach, tafakkurimizda, ongimizda juda ko‘p o‘zgarishlar ro‘y berdi. Zamon talablariga javob berishning bir ko‘rinishi sifatida turmush tarzimizga «Nikoh shartnomasi» degan atama ham kirib keldi. Aslida bu ko‘proq G‘arb olamiga xos bo‘lib, u yerda turmush qurgan paytda er-xotin o‘rtasida nikoh shartnomasi tuziladiki, bir yil yoki ikki yildan so‘ng ajralishsa qancha tovon to‘lanadi yoxud farzand bo‘lsa yoki bo‘lmasa qancha tovon to‘lanishi va boshqalar lozimligi haqida oldindan kelishib olinadi. Yoxud o‘rtadagi mulk kimga tegishli bo‘lishi xususida avvaldan belgilab qo‘yiladi.

Nikoh shartnomalari (inglizcha «marriage kontrakt») hozirgi davrda G‘arbiy Yevropa davlatlarida, AQSH, Kanadada keng om- malashgan. Bu tadbir, dastlab ming yillar ilgari Gretsiya va Rimda kelib chiqqan, ya’ni erkak va ayol nikoh tuzishdan avval mulkiy munosabatlari — kelgusida orttiradigan mulk va meros masalalari haqida kelishuvni rasmiylashtirishgani haqida malumotlar mav- jud. Dastlab biz uchun g‘ayritabiiy tuyilgan ushbu holat bugun- gi kunda hayotimizdan o‘rin olmoqda. Bizning jamiyatimizda nikoh shartnomasi avvalo, mentalitetimizdan kelib chiqqan hol- da, birinchi navbatda ayolni himoya qilishga qaratilgan. Chunki aksariyat ayollarimiz o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilishmaydi, ajrashmoqchi bo‘lgan chog‘ida bolalarini yetaklagancha, «uyingni yelkamning chuquri ko‘rsin» deb chiqib ketaverishadi. Bizning tushunchamizda erkak kishi mardlarcha bola-chaqasiga mol- mulkni qoldirib (agar kelin-kuyov qaynona-qaynotasi bilan emas,




307

alohida yashayotgan bo£lsa) yelkasiga choponini tashlab chiqib ketishi lozim, deyiladi. Biroq ayrim hollarda buning aksiga duch kelayapmiz.



Shu bois, bugungi kunda nikoh shartnomasi dolzarb masala hisoblanadi. Nikoh shartnomasining axloqiy ahamiyati shundaki, u mulkiy munosabatlarni tartibga solish orqali oilani mustahkam- laydi, er-xotinni bir-biriga tegishli mulkdan to‘g£ri foydalanish- ga va uni yaxshi saqlashga, mulkiy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga undaydi va shu bilan birgalikda fuqarolarning axlo- qiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, sud orqali mulkni bo‘lishdek ko‘ngilsiz tortishuvlarning oldini oladi. FHDYO xodimlari va notariuslar tomonidan huquqiy targ‘ibot- ning kuchaytirilishi, nikohlanuvchilarning nikoh shartnomalari qoidalari bilan tanishtirilishi kelgusida nikoh shartnomalarining rivojlanishi va oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni bar- taraf etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin