Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tar- biyasiga ta’siri. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati. Har bir insonning shakllanishi, voyaga yetishi, o‘zini shaxs sifatida namoyon etishida u tarbiya topgan oiladagi tarbiyaning, ma’naviy-ruhiy muhitning o‘rni kattadir. Shuning uchun ham ajdodlarimiz qurilajak oilaning mustahkam- ligini ta’minlaydigan jihatlarga alohida e’tibor qaratganlar. Yetti pushtini surishtirishdan tortib, oilaviy tutumini, mahalladoshlari- ning bo'lajak qudalar, kuyov yoki kelin haqidagi fikrlarini, kasbu korini batafsil o‘rganishgan. Yosh oila asoschilarining oila qu- rishga tayyorgarligini hisobga olish esa eng muhim omil sanalgan.
Haqiqatan ham, yoshlarning jismonan yetuklikka erishgani hali ularni oila qurishga tayyorligini bildirmaydi. Qachonki, ikki yosh ham kichik jamiyat, ya’ni oilani barpo etishga ruhan tayyor bo‘lsalar, shundagina to‘kis oila bunyod bo‘lishi mumkin. Mu- taxassislarning fikrlariga qaraganda, bugungi kunda ayrim ota- onalar orzu-istaklarini tezroq ro'yobga chiqarish maqsadida yoki farzandi oldidagi mas’uliyatdan qochish uchunmi, farzandlarini erta turmush qurishga undashmoqda. Ming afsuski, bu ko‘pincha ajralishlar bilan tugamoqda.
Oilada er-xotin bir-biri bilan nafaqat sevgi-muhabbat rishtalari orqali bog‘langan, balki iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-tarbiyaviy, eng muhimi avlodlarni dunyoga keltirish, tarbiyalash va jami- yatga yetkazib berishdek o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan ham o‘zaro bog‘liqdirlar. Chunki «oila hayotning, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak nasl- lar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya 0‘chog‘idir^1. Bunda ularning maqsad-muddaolari uyg‘un, intilishlari mushtarak bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi.
Oila insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sha- roit tug‘diradigan, ruhan orom oladigan makoni bo‘lishi bilan
1 Falsafa qisqacha izohli lug‘at. - T.: Sharq, 2004. - 241 b.
296
birga «asosiy ishxonasi» desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerda er ham, xotin ham o‘z vazifasini og‘ishmay bajarsagina farzand- lari qobil, dasturxoni to‘kin, el-yurt o‘rtasidagi obro‘si yuksak bo‘ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol avlod sog‘lom muhitda, ma’rifatli, mehnatkash, uzoqni ko‘ra oladigan ota-onalarning qo‘l ostida voyaga yetadi.
Milliy tarbiya tizimida oila ma’naviyati, undagi ota-onaning o‘rniga ajdodlarimiz alohida e’tibor berishganlar. Chunonchi, mil- liy ma’naviyatning shakllanishiga beqiyos hissa qo‘shgan, o‘zbek oilalarida azaldan sog‘lom turmush tarzi, muomala madaniyati mavjudki, bu, o‘z navbatida ota-ona va farzandlar o‘ziga xos ax- loqiy qadriyatlarga munosabatlarida, ro‘zg‘orni saranjom tutish, o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish tamoyillarida o‘z ifodasini topgan. Milliy an’analarimiz ichida bola tarbiyasiga doir urf-odatlar ayniqsa, muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, xalqning sof holda ko‘rinishi bolalarda namoyon bo‘ladi. Qa- chonki bolalarda milliylik o‘lar ekan, bu millat o‘limining bosh- lanishini bildiradi. Tarbiyada milliylik qancha ko‘p saqlanib qol- gan bo‘lsa, shu millat shuncha kuchli madaniyatga ega, ma’naviy boy hisoblanadi1.
Oiladagi to‘g‘ri tarbiya dastlab ota-onaning namunali, ular- ning o‘zaro iliq va samimiy munosabatlari orqali amalga oshirila- di. Oiladagi ota-ona va boshqa oila a’zolarining gazeta va jur- nallar, badiiy asarlarni o‘qishi, ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni ko‘rishi hamda ularga oilaviy munosabatlarini bildirishi yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Oila o‘rnini bosuvchi boshqa ijti- moiy institut hali kashf etilgani yo‘q. Oila shaxs, davlat, jamiyat va boshqa ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi munosabatlarda vositachi o‘rnini o‘taydi. Oilaning o‘z vazifalarini bajarishi avlodlar tari- xiy izchilligining saqlanishi, shaxs va jamiyat rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Oilaviy tarbiya — bu, avvalo ota-onaning o‘zini tarbiyalash demakdir. Ota va ona oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning ustunlari. Ular qanchalik
1 Bojikob r.H., Bay6eKOBa r.Zt. 3THoneaarorHKa.— T.: ®aH, 2000. 38-
6eT.
297
pishiq va puxta bo‘lsa, bu qo‘rg‘on ham shunchalik mustahkam- lanib boraveradi.
Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyat- lar. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o‘rni. Aza- liy qadriyatlarimizda tani sihatlik va ma’naviy butunlik uyg‘un bo‘lib kelgan. Tani sihatlik insonning tabiiy va jismoniy salo- matligi mezonlarini, ma’naviy butunlik inson qalbining salo- matlik mezonlarini mujassam etgan. 0‘zbek oilalarida insoniy munosabat, izzat-ikrom, hurmat, e’zoz, muomaladagi ochiqlik, mehmonnavozlik bag‘rikenglik, tinch va osuda hayot, xursand- chilik kabi xususiyatlarni amalda ko‘rsata olib hayot mezoniga aylantira olishni anglatgan. Demak, oilaning bugungi kundagi vazifalari birinchidan, farzandining axloqiy-'estetik, huquqiy, diniy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgarlik, ota-ona- lik burchiga e’tibor bilan qarash, fuqarolik mas’uliyatini his etish, muhim ijtimoiy burchni bajarish, ikkinchidan, farzand- larga turmush muammolarini mustaqil hal etish usullari, o‘zini ta’minlash va yashashning munosib darajasiga erishish imkoni- yatlarini o‘rgatish; uchinchidan, hayotning mushkul vaziyatidan chiqib olish uchun resurslar, harakatlar ko‘rsatadigan tizimlar bilan uzviy aloqada bo‘lish, Shuningdek bu tizimlarning sama- rali va tashkiliy ishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Oiladagi qadriyatlar, undagi psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri buyuk mutafakkir va al- lomalarimizning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslarida alo- hida e’tirof etilgan. Bu xususda Zardushtiylik dinining muqad- das kitobi «Avesto»da ham ta’kidlab o‘tilgan. Unga ko‘ra oila soglom avlodning paydo bo‘lishi, benuqson naslning tug‘ilishi, sog‘lom turmush tarzi, zurriyodning pokizaligi, uning aqliy, ax- loqiy, ruhiy, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida alohida o‘rin tutgan. Unda ta’kidlanishicha o‘smirlar o‘n besh yoshga to‘lgandan ke- yingina yetmish ikki xil rangli ipak iplardan to‘qilgan belbog‘ bilan bellarini o‘rash va o‘zlarini yaxshilik yo‘liga baxshida etish uchun turmush qurish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin yoshlar- ning o‘zboshimchalik bilan oila qurishlariga yo‘l qo‘yilmagan.
298
Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bo‘lgan. Shu sababli, jamoa va ota-onalar bo‘lajak kelin-kuyovlarni tanlashda obdon o‘ylab ish ko‘rganlar. «Avesto»ning «Vendidod» bobida bayon etilishicha nasl sog‘lomligining irsiy jihatlariga alohida e’tibor berilib, ya- qin qarindoshlar o‘rtasida farzandlarning o‘zaro oila qurishi man etilgan. Sog‘lom avlodning tug‘ilishi uchun ota-onalar sharob ichmaslikka, giyohvand moddalar va boshqa hushdan ketkazuv- chi vositalarni iste’mol qilmaslikka da’vat etilgan. Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra katta oilalar jamoa oqsoqoli tomonidan himoya qilinib, egizak farzand ko‘rgan ayollarga bir juft sigir yoki sariq tuya hadya qilingan va davlat xazinasidan nafaqa berilgan.
«Avesto»da har qanday axloqsizlik va g‘ayritabiiy xatti-ha- rakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta'kidlanadi. Fohishabozlik, turmush o‘rtog‘iga xiyonat qattiq qoralanadi. Bu kabi jinoyatlar sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtira- digan, balki bola tug‘ilishi, yosh avlod tarbiyasi, nasl pokligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan oila xiyonati ham ko‘rsatilgan. Begona ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko‘rish qat’iy ta’qib ostiga olinganki, ushbu qarashlar bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800 zarba urish bilan jazolangan1.
«Avesto»ning bugungi ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ta- lablarga hamohang bo‘lgan eng muhim tamoyillardan biri — bergan so‘zining uddasidan chiqish, ahdga sodiqlik, savdo-sotiq va shartnomalarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish kabi iymonlilik sifat- laridan iborat. «Avesto»ning ko‘plab tadqiqotchilari, bu nodir kitobda yuksak ma’naviyatlilik va axloq masalalari yoritilganini ta’kidlaydilar. Yuksak ma’naviy sifatlilik Zardushtiylikda jaho- latning, yomonlikning oldini olishdir. «Avesto»ning ma’naviy qoidalariga nafaqat sog‘lik va jismoniy kuch, balki ma’naviy poklikka ham alohida o‘rin ajratiladi. Ma'naviyatlilik me’yori si- fatida o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish buyuriladi. «Avesto»da bola tarbiyasi va ta’limiga katta ahamiyat berilib «Tarbiya hayotdagi
1 Homidov H. Avesto fayzlari. — T.: 2001. — 31-b.
299
eng muhim tayanch sanalishi lozim, har bir yoshni shunday tar- biyalash kerakki, avval o‘qishni, keyin yozishni o‘rganib olgach, eng yuqori darajaga ko'tarilsim1.
Yurtimizda yetishib chiqqan Sharq uyg‘onish davri mutafak- kirlari qatorida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy o‘z asarlarida inson, uning ma'naviy kamolotida oila va undagi tarbiya, ilm, ma’naviy muhitning muhim ahamiyatga egaligini bir necha bor ta'kidlab o‘tadilar.
Abu Rayhon Beruniy shaxs tarbiyasida mehnatga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha hayot va baxtni mexnatsiz tasav- vur etib bo‘lmaydi, mehnat bilan tarbiyalash — inson hayoti- ning asosidir. Alloma ma’naviy tarbiyada ilmning rolini birinchi o‘ringa olib chiqadi. Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy manbalar ham oila tarbiyasi jamiyatdagi tarbiya jarayonining eng muhim va nozik jihati bo‘lganligini ko‘rsatadi. Sog‘lom avlod mamlakat kelajagini ta’minlovchi asosiy omil ekanligini yaxshi anglagan Amir Temur raiyatning tinch-osuda hayot kechirishini, xonadonlarning daxlsizligini, yangi barpo bo‘layotgan oilaning har jihatdan benuqson va poklik asosiga qurilishini davlat ahami- yatiga molik masala deb qaragan.
Shaxsning ma’nan yetukligi uning oilada topgan tarbiyasiga bog‘liqligi xususida XX asr ma’rifatparvarlari ham o‘z asarlari- da bir necha bor ta’kidlab o‘tganlar. Jumladan, Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida bola tarbiyasi xu- susida juda qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. Muallif bola tarbiyasida yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning roli katta ekanligini ko‘rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazardan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning axloqiga, xulq atvoriga kuchli ta’sir etishini e’tirof etadi va ota-onalarni o‘z bo- lalari tarbiyasida mas’ul ekanligini e'tirof etadi. Uning fikricha, sogTom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega boTish uchun badan tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Xususan, sogTom badanga ega
1 Ochilov S., Hoshimov H. 0‘zbek pedagogikasi ontologiyasi. 2-jild. - T.: 1999. - 126-b.
300
bo‘lish uchun muallif kishining jismoniy tomoniga zarar keltira- digan narsalardan saqlanishni tavsiya qiladi.
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomon- dan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatiga alohida e’tibor qa- ratadi. Bolalarni jasoratli, qo‘rqmas, dovyurak qilib tarbiyalash- da «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida muallif g‘oyat muhim fikrlarni beradi. Bu asarning «Shijoat» bobida bolani jasoratli qilib tarbiyalashni ilgari suradi va qo‘rqoqlikni qoralaydi. Jadid- chilik namoyandalarining fikricha yangi davr yangi tuzum uchun kurashda, eng avvalo, oilani isloh qilishdan boshlamoq zarur deb hisobladilar. Ularning fikricha, oila asosini to‘g‘ri qurmay turib va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas1.
Bugungi kunda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida demokratik huquqiy davlat qu- rish, davlat va jamiyatimizning barcha jabhalarini modernizatsi- ya qilish hamda yangilashga qaratilgan keng ko'lamli islohot- lar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xalqimiz uchun munosib turmush shart-sharoitlarini yaratish, bunyodkor- lik salohiyatini oshirish, ming yillik an'analarimizni tiklash va yanada rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglash hamda faxr-iftixor tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgani mamlakatimizda inson manfaatlarini ta'minlash yo‘lida o‘tkazilayotgan islohotlarning o‘ziga xos jihatlaridir. Jumladan, «Harakatlar strategiyasi»da oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qi- lish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishla- rini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologi- yalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish, jismoniy baquvvat va ma'naviy jihatdan sog‘lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida
1 Alqarov I.Sh. va boshqalar. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. — T.: 2009. - 16 b.
301
ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri si- fatida qaralgan.
Dostları ilə paylaş: |