Falsafa asoslari


asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaru- riyati



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə143/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaru- riyati. XXI asrda global etosfera, sayyoramizda etosfera — axloqiy muhitni yaratish dolzarb masalaga aylandi. Ma'lumki, yuzlab asr- lar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukmron qismi sifatida yashab keldi.


XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda inson o‘z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy yuksalishlar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani — texnikaviy muhitni yarat- di. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz — yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompyuter, poyezd, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va h.k. Bugun videotelefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko'rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosishimiz ke- rakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.

Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshladi. Yer tarixida inson birin- chi marta ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur biosferadagi o'zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Noosfera ta’limoti asoschilaridan biri rus olimi VYVernadskiy ilmiy tafakkur va inson mehnati ta'siri ostida biosfera yangi holat bo'lmish noosferaga o‘tayotganligini, butun geologik davr mo- baynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o‘zgarishga kirishganini ta'kidlaydi: «Sayyoramiz yuzi — biosfera inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda keskin kimyoviy o‘zgarishlarga duchor etilmoqda, — deb yozadi u. — Inson quruq- likning fizikaviy va kimyoviy havo qobig‘ini, uning barcha tabiiy




290

suvlarini o£zgartirmoqda... Hozir biz biosferadagi yangi geologik evolyutsion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga kirib boryapmiz»’.

Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni ular insoniyat oldida endilik- da ekologik hodisa emas, balki tom ma'nodagi axloqiy muammo- lar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad LDorensning: «Yoppasi- ga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodi- sasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslik aybdordir», — degan so‘zlari shu nuqtayi nazardan diqqatga sazovordir1 2.

Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda in- son o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa — XXI asrdan boshlab etosfera davriga o‘tishi kerak; axlo- qiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda etika fanining o‘rni nihoyatda beqiyos.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin