Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə140/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Insonparvarlik — insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgi- laydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmuyi, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huqu- qini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonchdir. Rostgo‘ylik Insonning yuksak ijtimoiy maqomini belgilaydigan, bu boradagi diniy va dunyoviy, g‘oyaviy-mafkuraviy, milliy va umumbashariy qarashlar, mezonlar, qadriyatlar va an’analar tizi- mini ifodalovchi tushunchadir.

Insonparvarlik — odamiylikdir. Uning tub mohiyati inson zoti- ni hurmat qilish, qadr-qimmatini bilish hamda baxt-iqboli yo‘lida doimo fidokorlik bilan kurashish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir.

Insonparvarlik — odamzodning qadri, erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotni ta'minlashdir.

Chinakam insoniylik viqori kishida hamdo‘stlik, hamkorlik, hamdardlik, hamjihatlik, adolatlilik, adolatparvar, tinchlik, to- tuvlik, rahmdillik, ko‘ngilchan, bag‘rikenglik va boshqa yuksak ma’naviy komilliklarni jamlagandagina namoyon bo‘ladi.




284

Erkparvarlik. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi — erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Erkpar- varlik, avvalo, o‘z millati, o‘z vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo‘ygan insonlar tamoyilidir.

Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko‘rinishini inkor etishi barobarida inson huquqlarining tom ma’nodagi jang- chisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning so‘z erkinligi, o‘z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, vij- don erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun millatlar erki masalasini o‘rtaga tashlar ekan, ma’lum ma’noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi.



Vatanparvarlik — insonning o‘z tug‘ilgan joyiga cheksiz mehr- muhabbat qo‘yib, uning xizmatida bo‘lishdir. Vatan inson uchun or-nomus, shon-shavkat va g‘urur-iftixor manbai hisoblanadi. Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxt-u saodati uchun kuch- g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyo- dagi eng muqaddas va oliyjanob faoliyatni anglatadigan tushun- cha vatanparvarlik nihoyatda serqirra bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yan- gicha ma’no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan man- faati, qadrlashqimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat tuyg‘usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha yuksak bo‘ladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning turli bosqichlarida vatanparvarning yangi-yangi qirralari namo- yon bo‘lib boradi. Haqiqiy vatanparvar, Vatanga, ona zaminga, o‘z xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug‘ilganda jo- nini fido qilishni nazarda tutadi.

Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu — mil- latparvarlik. U, ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli.

Shu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga


285

buyuklik maqomini berishga intilish bo‘lsa, millatparvar- lik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bog'liq. Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.

Asl millatparvar — milliy o‘zligini anglab yetgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish amaliyotining — millatparvarlikning ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g‘oyaning zamonaviy, biz tanlagan ko‘rinishini, uning mafkuraviy jihatlari- ni 0‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari- mov shunday ta’riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday mil- latchilik va shunga o‘xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjami- yatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bolishi darkor».

Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurt- ga sadoqat yo'lida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur».




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin