Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə138/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Vijdon. Insonga xos yuksak ma’naviy fazilat, kishining o‘z xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, ja- moatchilik oldidagi mas’uliyat hissini anglatuvchi tuyg‘u vij- donli inson har bir qilgan ishi, odamlar bilan bo‘lgan muloqoti, faoliyati va fikrlarini sarhisob qiladi. Nohaqlikka, adolatsizlikka


279

murosasizlik bilan qarshilik ko‘rsatadi. Vaholanki, vijdonsiz odamning adolatparvar, sadoqatli, or-nomusli inson bo‘lishi amrimahol. Vijdon eng avvalo, o‘zgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni teran his etishni taqozo etadi. 0‘zbekistonning Bi- rinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, «Vijdoni uyg‘oq odam yon- atrofida bo‘layotgan voqealarga, yordam va ko‘makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfaatiga zarar yetkazadigan yovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turol- maydi, o‘z yurti va xalqida nisbatan xiyonat va sotqinlikni aslo qabul qiloimaydi. Bunday holatlarni ko‘rganda vijdoni qiynala- di, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo‘lmasin, ularni bartaraf etishga intiladi, kerak bo‘lsa, bu yo‘lda hatto jonini ham fido qiladi.



Burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nis- batan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tu- shunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda inson- ning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.

Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzand- lik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik bur- chi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud.



Shafqat. Shafqat istilohi hozirgacha etikaga doir asosiy o‘quv adabiyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki shafqatning ildizi inson shaxsiga bo‘lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham muhab- bat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog‘liq. Lekin u ayni paytda muruv- vatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko‘p hollar- da o‘ziga aloqasi yo‘q boshqa bir insonga achinish hissi orqali yordamga qo‘l cho‘zishi bo‘lsa, shafqat kishining o‘ziga aloqa- dor odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy


280

jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko£rsatishdir.

Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o‘rniga xayolan o‘zini qo‘yib fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o‘zga bir inson iz- tiroblarini yengillatishga qaratilgan axloqiy hodisadir. G‘azab insondagi hayvoniy xislat bo‘lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir.

Ideal. Inson ideal sari intiladi, o‘z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Albatta, hayotda bunga to‘la erishib bo‘lmaydi, lekin inson ana shu komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy- hayotiy komillikni qo‘lga kiritadi.

Dunyoviy ideal bilan, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiy-axloqiy ideal bi- lan diniy ideal, bir qaraganda, o‘xshashdek ko‘rinsa-da, aslida keskin farq qiladi. Chunonchi, musulmonlar uchun — Muham- mad (s.a.v.), nasroniylar uchun — Hazrati Iso, yahudo dinidagi- lar uchun — Hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal si'fatida hech qachon o‘zgarmaydi, boqiy. Ijtimoiy-axloqiy ideallar esa o‘zgarishi mumkin va ko‘p hollarda o‘zgarib turadi. Masalan, sho‘rolar davrida o‘sha tuzum asoschisi Lenin — eng yuksak ax- loqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko‘pchilik tomonidan shun- day qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch — adolatda!» degan shiorni hayotining ma’nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur ko‘pchilik tomonidan ijtimoiy-axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining namunaviy timsoli tarzida qabul qilinadi. Demak, muayyan tuzum talablaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-axlo- qiy ideallar o‘zgarishi mumkin.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin