Fidoyilik — boshqalar manfaati yo‘lida o‘z qonuniy manfaatla- rini, hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turadi, jamiyat uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallarni deb o‘zidan kecha- * oladigan kishilar xatti-harakatlarini ifodalovchi ma’naviy tushun- cha fidoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi: u ma’lum bir davr- larda ommaviylashishi yoki kamayishi mumkin. Vatanga, xalqiga bo‘lgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg'usi muayyan umumiy manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilar qalbidan chuqur o‘rin oladi hamda faoliyatiga ta’sir qilib, ularni mas’uliyatli vazi- falarni bajarishga safarbar etadi. Fidoyi o‘z taqdirini Vatan, millat taqdiri bilan bog'lagan barcha kishilarga xos fazilatdir.
286
Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma’nosida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Lekin bu tamoyil- ning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari o‘rta asrlar va un- dan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hayotida shakllanganini e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual — aqliy taraqqiyot bilan bog‘liq.
Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer-dehqon ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofda- gilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam-da», degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo‘lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidan qat’i nazar, ham bilim, ham fahm-farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi. Shunday qilib, zi- yolilik asosida insonning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilana- digan xatti-harakatlar yotadi.
Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolarning munosabatida esa ikki xil yondashuv ko‘zga tashlanadi. Ularning faol va ilg‘or qis- mi, millatning o‘zagini tashkil etadigan ko'pchilik odamlar zi- yolilarga havas bilan qaraydilar, ziyolilarning xatti-harakatlarini nafaqat ma’qullaydilar, balki o‘z farzandlari va yaqinlariga na- muna qilib ko‘rsatadilar. Ammo oddiy aholilik majburiyatidan boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib kelina- digan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma’lumotlari oliy yoki o‘rtaligidan qat’i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat bilan o‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mah- dud «omma» qaysi yerda kamayib borsa, o‘sha jamiyatda taraqqi- yot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma’nodagi fidoyilikdir. Shu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda ziyolilik tamoyilini har bir fuqaroga singdirish uchun muntazam kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma’naviyatni yuksalti- rish orqali ro‘yobga chiqadi.
Mehnatsevarlik — ijtimoiy foydali mehr at uchun o‘z vaqti va kuchini berishga tayyorlik holati. Mehnatsevarlik mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatning namoyon bolishidir. Shaxs man-
287
faati nuqtayi nazaridan, mehnatsevar insonning o‘z hayotida mu- vaffaqiyatga erishish garovi bo‘lsa, axloqiy nuqtayi nazardan xalq farovonligini ta’minlash uchun zarur faoliyatdir. Mehnatsevar- likning yo‘qligi va dangasalik esa nuqson sifatida qaraladi. Shu bilan birga, ishga haddan tashqari ruju qo‘yish ijtimoiy manfaatlar nuqtayi nazaridan biroz qoralanadi ham. Bunday mehnat, ya’ni o‘zaro munosabatlar evaziga mehnatga ruju qo‘yish, shaxsning o‘z egoistik maqsadi yo‘nalishidagi faolligi deb qaraladi. Shuning uchun mehnatga baho berishda masalaning ma’naviy jihati us- tunlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: |