Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə137/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Yaxshilik va yomonlik. Ezgulik va yovuzlik haqida gap bor- ganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha bizga ma’lum o‘zbek tilidagi barcha etikaga doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo‘g‘i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina unsur- lari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy oli- shini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo‘la olmaydi.

Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobi- ga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mard- lik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajas- sum topadi. Biroq unga asos boTgan amaliy xatti-harakatlar




277

qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga koharila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag‘ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul- maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu — ezgulik, u ma’lum ma’noda abadiylik xususiyatiga ega, Chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq- shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni payt- da, Navoiyning o‘zi bevosita ko‘plab yaxshiliklar qildi — muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo‘lgani hol- da, o‘tkinchilik tabiatiga ega, Shuningdek, istisnoli hollarda namoyon bo‘luvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko‘zlovchi, kelajakka ham mo‘ljallangan, ya’ni strategik aha- miyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmuyi; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilik- ni yirik ijtimoiy hodisa — ezgulik bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas.

Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo‘lgan ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo‘lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror obyektga qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshi- lik qilgan subyekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin:



  • yaxshilik — bu faqat inson va jamiyat hayotiga xos bo‘lib, stixiyali, ko‘r-ko‘rona sodir etiladigan xatti-harakat emas, balki biron-bir inson, jamiyat manfaatini o'ylab, ko‘zlab bajariladigan, ezgulikka yo‘g‘rilgan amaliy ishdir;



  • yaxshilik — bu majburlashning mahsuli emas, balki vijdon amri bilan sodir etiladigan mutlaqo erkin xatti-harakatdir. Yax- shilik qilishga majburlash — yomonlikdir;



  • yaxshilik — bu inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan real axloqiy munosabatdir, uning ijobiy mazmunidir. Yaxshilik axloqiy idealning amaldagi ifodasidir.




278

Adolat — odillik, adolat bilan ish ko‘rish, qonun asosida, jami- yatda shakllangan ustuvor insoniy munosabatlar doirasida bar- chaga teng va xolis munosabatda bo‘lishdir.

«Adolat» turlicha talqin qilinadigan, xilma-xil tarzda namo- yon bo‘ladigan tushunchadir. Ba’zi axloqiy-huquqiy me’yorlar ham adolat mezoni sifatida qaraladi. Bu, o‘z navbatida, adolat mezonlarining jamiyat rivojiga, insoniyat taraqqiyotiga, muay- yan mamlakat qonun-qoidalariga mos yoki mos emasligi bilan belgilanadi.

Adolat jamiyatning muayyan shaxsga munosabatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Insonning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmati adolat mezoni hisoblanadi. Hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy sohalarida sodir bo‘ladigan barcha voqea va hodisalar bu jarayonga bevosita yoki bavosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir inson erki va irodasini belgilaydi, alohida shaxs uchun ma’naviy mezon vazifasini bajaradi.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy adolat, demokratiya, barqaror taraqqiyot va farovonlik tamoyillarini ro‘yobga chiqa- rishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muhim tamoyil. Insonparvar jamiyat g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ijtimoiy adolat va demokratiya tamoyillari bu jarayonda o‘z mohiyatini to‘la namoyon qila boshlaydi.

Insonparvarlik g‘oyalarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan adolatlilikning barcha ko‘rinishlariga qadim davrlardan katta e’tibor berib kelingan. 0‘tmishdagi Sug‘d va Xorazm, So- moniylar, Xorazmshohlar, Qoraxoniylar va Temuriylar davlatlari tarixidan ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin, xususan, Amir Temur saltanatida amal qilingan «Tuzuklar»da, eng avvalo adolat va har ishda adolatlilik tamoyillariga so‘zsiz amal qilingan. Dav- lat «Kuch adolatdadir» shiori ostida tuzildi va ravnaq topdi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin