Falsafa asoslari


Dizaynning estetik xususiyatlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə172/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Dizaynning estetik xususiyatlari. Italyanchada loyiha, rasm ma'nolarini anglatuvchi disegno so‘zi o‘rta asrlarda inson tabi- atida mavjud bo'lgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan. Ammo, «ingliz tilidagi design so‘zi birinchi marta 1919-yil ing- liz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar namunasiga nisbatan qo'llanilgan. Bunda u aniqroq ifo- dalash uchun industrial so‘zini kiritib «industrial design» sano- atga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi so‘z birikmasini qo‘llaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu ter- min xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib bordi»'.

Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoli- yati bo‘lsa bugunga kelib inson faoliyatining barcha yo‘nalish va ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoli- yatga aylandi. Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar ekan dizayner ayni paytda inson va uning hayot tarzini ham loyiha- laydi.

Dizaynning eng asosiy estetik xususiyatlaridan biri, mahsulot sifatini oshirishning ta’sirchan vositasi ekanligidadir. U ilmiy ta- fakkurning so‘nggi muvaffaqiyatlarini o‘zida gavdalantiradigan, eng yuksak texnikaning iqtisodiy, estetik va boshqa iste’molchilik talablariga javob beradigan, jahon bozorida raqobatbardosh boiishi kerak, bunda esa hal qiluvchi omil dizayndir.

Dizayn bu ijodiy faoliyat boiib, uning maqsadi sanoat mahsu- lotlari shakli va sifatini belgilab berishdir. Bu xususiyatlar mah- 1




1 Me/iBeaeB B.K).Hay4HBie acneKTH /iH3attHa. — Cn6.: CnrYTi, 2014. - C.4.


351

sulotning tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda mahsulotni xaridor-iste’molchi nuqtayi nazarida ham, tayyorlab- yetkazib beruvchi nuqtayi nazaridan bir butunlikka olib keluvchi funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o‘z ichiga oladi. Dizayn amaliy san’at sohalarini sanoat olamiga ham tatbiq etib, mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish, maqsadga muvofiq emas balki, hissiyotlarga ta’sir etishini ta’minlaydi.

Dizayn bugun jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham ko‘rsatadi. Bu biz kundalik amaliyotimizda qo‘llaydigan mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsion vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi.

Bugungi kunga kelib dizayn kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Shaharsozlikdan tortib, xonadonimiz interer (ichki ko‘rinishi) va ekstereri (tashqi ko‘rinishi), transportdan tortib, mehnat vosita- larigacha, maishiy turmush buyumlar olamidan tortib, liboslar, daftar-kitobdan tortib, gazeta-jurnallargacha ularning ishtiro- ki zaruriyatga aylanib qolgan. Dizayn so‘zining o‘zi inglizcha chizish, loyihalash ma’nosini anglatadi. U inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol buyumlari olami- ni uyg‘unlashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyatdir.

Mustaqillikdan so‘ng aholi turmush darajasining yuksalayot- ganligi, estetik madaniyatning takomillashib borayotganini ku- zatish mumkin. Bunda dizayn katta rol o‘ynamoqda. Bugungi dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uni xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qilmoqda.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin