Amir Temur va temuriylar davri falsafasi. Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar,
45
o‘zining yo‘lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan nati- jalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo‘g‘ul bos- qinchilaridan ozod bo‘lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuk- sak cho‘qqiga ko‘tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqil- likni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
Mo‘g‘ullar o‘rnatgan mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida yerli aholi o‘rtasida chuqur ijtimoiy va ma'naviy uyg‘onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, o‘sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq mus- tamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» de- gan asosiy savollar atrofida ro‘y berayotgan edi.
Mo‘g‘ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni ma’naviy bo‘ysundirish, madaniy jihat- dan mo‘g‘ullarning ustunligi to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mum- kin emas edi. Ko‘chmanchilik va shaharlarni g‘orat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, o‘troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari ma’naviy va madaniy jihatdan o‘zlaridan us- tun bo‘lgan xalqqa nima ham bera olar edilar? Ular o‘z hukm- ronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq ya- shash mumkin bo‘lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o‘choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o‘tkazib turdilar. Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mus- taqillikka intilishini to‘xtatib qo‘ya olmadilar. Amir Temur ana shu harakatning natijasi, xalqining milliy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o‘sha paytda har-
46
biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan jahonda tengi yo‘q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq jahongirga aylanganida o‘zining jahongirini yaratadi. Gohida bir jahongir millat boshqasini uyg‘otib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to‘g‘ri ke- ladi.
Ba’zilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, deb o‘ylaydi. Aslida Temurning hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? U falsafiy xulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o‘rganish mum- kinmi? Aslida, falsafani to‘la-to‘kis kitobga tushirib bo‘lmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sistemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsa- fasi va falsafa tarixini uyg‘un tarzda yozish orqali nisbatan to‘g‘ri ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faoliyati, temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi ma- salalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o‘nlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, o‘zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy su- lolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo‘lmasa kerak. Tarix shundan dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, ma’naviyatni yuksaklikka ko‘tarish uchun kurashgan o‘lkada bu sohalarda haqiqiy yuksalish bo'ladi. Siyosiy ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o‘rinli emas. Madani- yatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o‘sha davr ma’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to‘la-to‘kis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg‘usi bilan yondashuvi, haligacha o‘z far- zandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo‘ db yurishi, bugungi kunlarda ham o‘sha zamondan tashbehlar izlayotganining sa- bablaridan biri ham ana shunda.
47
Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir (1336—1405) Kesh (Shahri- sabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kel- di. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo‘g‘ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib, 0‘rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlar- ning o‘zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta’minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o‘zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o'rnatildi.
Amir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o‘z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodon- chiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go‘zal bog‘Iar bunyod qilindi, maktab va madrasa- lar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go‘zal hududiga aylandi.
Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm- fan homiysi sifatida mashhur bo‘ldi, o‘z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to‘pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xoraz- miy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Bobur Mirzoning xabar beri- shicha, o‘sha davrda Samarqand eng go‘zal shahar edi. Ispan sayyohi R. G. Klavixo Samarqandning go'zalligiga qoyil qolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan alo- qalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e’tibor berildi. Islom dini o‘sha davrda asosiy mafkura bo‘lib, markaz- lashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan so- hasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Temur o‘z faoliyatida unga tayanib ish ko‘rdi.
Temuriylar davrida tasavvuf ta’limoti keng quloch yoydi. Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo'qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o‘rnatishda, insonparvarlik g‘oyalarini tarqatishda foy- dalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to‘g‘ri va sofdil bo'lish,
48
zino va fahsh ishlar bilan shug‘ullanmaslik, harom-xarish ishlar- dan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtoj- larga mehr-shafqat ko‘rsatish kabi g‘oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayx- lari bo‘lmish Sayyid Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Temurning pirlari bo‘lib, sohibqiron ular bilan tez-tez muloqot qilib turgan.
Temuriylardan Shohruh, Ulug‘bek, Xusayn Boyqaro, Bo- bur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidala- riga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Amir Temur Ko‘ksaroy masjidi, Shoxizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug‘bek davrida 1417—1420-yillarda Registonda, keyinchalik Buhoroda, 1432—1433-yillarda G‘ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429-yili esa Ulug‘bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda ham ko‘plab me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bo‘lgan Gumbazi sabz, Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1456—1535) va shoh Muzaffar kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa», Sa'diyning «Bo‘ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini chizgan, xalqning mehnatini, tabiat man- zaralarini haqqoniy tasvirlagan.
XIV—XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning ko‘p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarix, adabiyot, jo‘g‘rofiya, pedagogika, mantiq, fal- safa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, ba- diiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda o‘sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik
49
g‘oyalari olg‘a surildi. «Gul va Navro‘z» muallifi Lutfiy (1366— 1465), «Bexro‘z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453—1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira)ning muallifi Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayho», «Maxzan ul-as- ror» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV—XV asrlar), Haydar Xorazmiy hamda Kamol Xo‘jandiy (1402-yilda vafot etgan), Hofiz Xorazmiy (XIV—XV asrlar), Ismat Buxoriy (1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va boshqalar o‘sha davrda yashab ijod etdilar.
Bu davrda tarix faniga e’tibor kuchaydi, yirik tarixnavislar paydo bo‘ldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq Samarqandiyning (1413-1482) «Matlaa as-sa’dayn va majma’ al-baxrayn» («Ikki dengizning qo‘shilishi»), Hofizi Abruning (1361—1430) «Zub- dat at-tavorix» («Tarixlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning (1494-yilda vafot etgan) «Ravzat al-jannat fi avsof madinat», Fos- ix Havofiyning (1375—1442) «Mujmali fosixiy», Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454-yilda vafot etgan) «Zafarnoma»si, Nizomid- din Shomiyning (XIV asr XV asrning boshi) «Zafarnoma»si va boshqalar mashhur edi.
0‘sha zamonning eng mashhur tarixchilari Mirxond (1433— 1498) va Xondamir (1475-1535) edilar. Mirxond Xirotda taval- lud topib, shu yerda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 jilddan iborat bo‘lib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai hollari haqida poklik bog‘lari» deb ataladi. U olti jildini yozib vafot etadi, yettinchisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi. Xondamir ham Xirotda tug‘ilib, yoshligidan tarixnavislikka ha- vas qo‘yadi. U Agrada vafot etadi. Uning muhim risolalari «Ma- korim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo‘llanma» va boshqalardir.
XIV—XV asrlarda mantiq, tabiiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falaki- yot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi. Mantiq ilmi- ning yirik vakillaridan biri Sa’diddin Taftazoniydir (1322—1392). U Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishlog‘ida dunyoga keladi. Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san’ati va mantiq bilan shug‘ullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkis- ton, Hirot, Jom, G‘ijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi.
50
Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va 0‘rta Sharq mam- lakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samar- qandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi. Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Taxzib al- mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish») «Mux- tasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha ma’nolar»), «Al-ir- shod al-xodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo‘l boshlovchi rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» (Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o‘tmish olimla- rining juda ko‘p asarlariga sharhlar ham bitgan.
0‘sha davrning yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid Sharif Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tug‘ilgan. Jurjoniy Istambul, Qohira, Xirot, Sheroz shaharlarida bo‘lib, ulardagi olimlardan ilm sirlarini o‘rganadi. 1387-yildan boshlab Samarqand madrasa- larida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, munozara ilmi va boshqalardan dars beradi. Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo‘lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabi- atshunoslikning muhim muammolariga bag‘ishlangan. Olimning «At-ta’rifot» («Ta’riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib borishning qoidalari haqida risola»), «Suqro» («Kichik dalil bo#la oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo‘la oladigan hukm»), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o‘rta xulosa»), «Risolayi vujudi- ya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chaqminiy va Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi ma’lum.
Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va mantiqiy qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa bo‘lib qo‘shildi va keyingi davrlarda yashagan mutafakkirlarning dunyoqarashiga samarali ta’sir ko‘rsatdi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo‘shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394—1449) matematika va falakiyot sohasida barkamol ijod qil- gan. Uning otasi, Amir Temurning o‘g‘li Shoxruh Mirzo edi. Ulug‘bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. Unga taniqli olimlar qozizoda Rumiy va G‘iyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U gar- chi davlat arbobi bo‘lsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnaqiga ko‘p