Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy- ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sa- bablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neopla- tonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo‘ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turi- shi, fano bo'lish, orif shaxsining Tangri taolo bilan ruhan bir- lashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini soTiylar deb ataganlar va «so‘fizm» atamasi shundan paydo bo‘lgan. Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj bo'lmaslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga yetishish uchun qalbni pok- lash, nafs balosidan ozod bo‘lish darkor. Ana shundagina inson
42
dili nur bilan to'ladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o'zidan izlaydigan darajaga ko‘tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o‘zini ozod qiladi, Chunki inson qalbi hurdir.
Butun islom olamida keng tarqalgan tasavvufning yurtimiz- dagi eng keng tanilgan yo‘nalishlari kubraviya, yassaviya, naqsh- bandiya tariqat-suluklaridir.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro (1154—1226) Xevada tug‘ilgan, asarlari orasida «Sharxus-sunna val-masolix», «Usuli ashara», «Favoixul-jamol» kabilar mashhurdir. Kubraviya tariqatining mohiyati o‘nta usulda mujassamlashgan. Bular — Tang- riga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fl dunyo — har qanday laz- zatdan o‘zini tiyish, tavakkul — Ollohga e'tiqodi pokligi uchun bar- cha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr — uzluksiz zikr, tavajjux — Haqqa muhabbat qo‘yish, sabr — nafs balosidan ozod bo‘lish, muroqaba — tafakkurga g‘arq bo‘lish, rizo — Tangri xushnudligini qozonishdan iborat.
Kubro mo‘g‘ullar bilan boigan janglarda jasorat ko‘rsatgan va shahid boigan. Mo‘g‘ullar Kubroning nomi ulugiigi, obro'si ba- landligini hisobga olib, unga ozod boiishi, omon qolishi mum- kinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal'adan chiqib ketishi kifoya ekanini bildirgan. Ammo Kubro bunday jon saqlagandan ko‘ra, o‘z xalqi bilan birga yurt himoyasi yoiida jon berishni afzal ko‘rgan. Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay, jangchilarga faol ko‘mak bergan. Buni ko'rgan shogirdlaridan biri «Ustoz, anchadan beri bayroq ko‘tarib charchadingiz, uni menga bering», deganida, u «Agar kuchim boiganida qilich yoki kamon olgan boiar edim. Bayroqni bizga qo‘yingda, siz yo qilich yoki nayza bilan yogiyga qarshi kurashing», degan ekan. U bayroqni shunchalik mahkam ushlagan ekanki, halok boiganidan keyin, qoiidan bayroqni olishning iloji boimaganidan, bir mo‘g‘ul Kub- roning qoiini kesib olgan ekan.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy (1166- yilda vafot etgan). Turkistonning Sayram nuzofotida tugilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140-yilda vafot etgan) taiim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan, orif maqomiga
43
erishgan. Yassaviy ustozining vafotidan keyin muayyan bir mud- dat uning maqomida turgan, so‘ng esa bu maqomni Abduxoliq G‘ijduvoniyga qoldirib, Yassi — Turkiston shahriga qaytadi va o‘z tariqati, yo‘l-yo‘riqlarini tashviq etish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda yozilgan, tasavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikmatlari devonida o‘z ak- sini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga yetishish, uning ishqi- da parvona bo‘lish, undan boshqa narsaga ko‘ngil qo‘ymaslik haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada o‘tkazgan. Yassaviy tariqati Turkiston o‘lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shi- molda — Qozon shahrigacha, G‘arbda — Bolqongacha keng tarqalgan.
Mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140-yilda vafot etgan) talim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan yana bir ulug‘ zot - Bahouddin Naqshband (1318—1389-yillar) naqshbandiya tariqa- tining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Unga ko‘ra in- son Olloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo‘li esa mehnatda bo‘lmog‘i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islom- ning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. Tariqat esa, o‘zidan kechish, fano bo‘lishdir. Haqiqat — behuda ishlar- dan uzoqlashish, haq ishlarga bog‘lanish. Demak, shariat — qo- nun, tariqat — yo‘l, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo‘l esa ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy quwatdan bahramand qiladi.
Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta’limotlari ma’naviyatimiz tarixida juda katta o‘rin tutgan va o‘z ta’sirini haligacha saqlab kelmoqda.
Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga ta’siri nihoyatda katta bo‘lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan davlat- larning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi marralarga erishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-
44
ma'naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin timsolidir. «Avesto» an’analari, tabiatni o‘rganishdagi yutuqlar, gumanitar sohadagi ijobiy siljishlar, Sharq xalqlari, arab madaniyati va is- lom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. 0‘sha davrda ja- hon miqyosida Vatanimizning ma’naviy-intellektual nufuzi ortib bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.
Afsuski, bu madaniy uyg‘onish mo‘g‘ul bosqini tufayli tanaz- zulga yuz tutdi. Amir va sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflar, no- ahillik Chingizxon bosqiniga qo‘l keldi. Bu bosqin mo‘g‘ullarning 1218-yilda 0‘tror shahrini bosib olishi, uning hokimi, Xorazm- shohning qaynog‘asi, Inolchiqni bandi qilishi va qulog‘iga qaynab turgan kumushni quyib yuborishdek xunrezlikdan bosh- landi. Mo‘g‘ullarning hukmronligi davrida ana shunday qonxo‘rlik tinimsiz davom etdi. Ko‘rkam shahar va qishloqlar vayronaga aylandi, iqtisodiyot tanazzulga yuz tutdi. Ilm-fan, madaniyat, jumladan falsafa ilmi ham inqirozga uchradi.
Garchand uquvsiz hukmdor Muhammad Xorazmshoh salta- natni saqlab qola olmagan bo‘lsa-da, xalqimizning bosqinchi- larga qarshi kurashi aslo to‘xtagani yo‘q. Ba’zi tarixiy manbalar- ga ko‘ra, o‘sha davrda nihoyatda katta hududdan 600 mingga yaqin qo‘shin to‘plash mumkin edi. Bu qo‘shin to‘planganida va tajribali lashkarboshiga topshirilganida Chingizxon saltanatni bosib olishi gumon edi. Insoniyatning o‘tmishini yaxshi biladi- gan ba’zi olim va mutaxassislarning fikricha, agar shoh o‘zining yovqur o‘g‘li Jaloliddinni avval boshdanoq taxt vorisi etib tayin- laganida va qo‘shinining ixtiyorini unga topshirganida, nafaqat Osiyo tarixi, balki jahon tarixi boshqacharoq yo‘ldan ketishi mumkin edi.
Afsuski, tarix «Agar unday bo‘lmaganida edi...» qabilidagi ta- moyillarni tan olmaydi. Chingiziylar bosqini Vatanimiz madaniy taraqqiyotini bir necha asrlar orqaga surib yubordi. 0‘sha davr- da bosqinchilarga qarshi kurashning eng atoqli vakili Jaloliddin Manguberdi esa millatimiz ozodligi uchun olib borgan kurashi- ning timsoli sifatida tariximiz sahifalarida al adiy qoldi.