Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə79/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Umumbashariy muammolar. Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida globallashuv natijasida shunday muammolar domiga tortil- diki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umum- bashariy muammo — yadro halokatining oldini olish ko'ndalang bo‘lib turgan bo‘lsa, endi o‘zgardi. Aholi tabiiy o‘sishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan-texnika yutuqlaridan tor manfaat- lar yo‘lida foydalanishga ruju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatning vujudga kelishi masalani chigal- lashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida turli tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shund ly sharoitda har bir aql-zakovatli odam «Bunday yo‘lda qanday muammolar, qiyin- chiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada


189

aniq tasavvur qilayapmizmi? degan savolni o‘z oldiga ko'ndalang qo'yishi va unga javob topishi zarur bo‘lib qoldi. Bu savolni butun jahon xalqlarining ishtirokisiz hal etib bo‘lmaydi.

Tabiatga kishilarning zug‘umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, sog‘lig‘i, ijtimoiy muhitga bo‘lgan aks ta’siri tobora halokatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa man- faatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar te- varagida jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qo‘llash orqa- ligina qutulishi mumkin. Shu ma’noda butun dunyo yagona va o‘zaro bog‘liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bo- lalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirish ekanligi shubhasiz.

Hozirgi paytda insoniyatga xavf solib turgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bolmagan muammolar tushuniladi.

Bunday muammolar quyidagilardir:



  • termoyadro urushi xavfining oldini olish va qurollanishni bartaraf etish;



  • jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o‘sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;



  • iqtisodiy qoloqlikni tugatish; yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish;



  • tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish;



  • insoniyatning baxt-saodati yo‘lida fan-texnika yutuqlari- dan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish (eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, koinotni o‘zlashtirish);



  • dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; ozon qatlami yo‘qolishi xavfining oldini olish va h.k.;



  • insoniyat va uning kelajagi to‘g‘risidagi o‘zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan sun’iy va tabiiy muhitga moslashish jarayonini ilmiy tahlil qilish.




190

Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning ko‘ndalang turib qolishining o‘ziyoq kishilik sivilizatsiyasi o‘ta murakkab, o‘ta qaltis bir jarayonni boshidan kechirayotganligidan darak be- radi. Umumbashariy muammolarning ba’zi bir guruhlari mav- judki, ularni hal qilishning o‘zidayoq butun planetamizdagi ijti- moiy hayotning keyingi ming yillikdagi aniq manzarasini chizib berish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday muammolar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:

Birinchidan, hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar o‘rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizo- lar va h.k.) bo‘lib, bular shartli ravishda «intersotsial» muammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu kabilarni ham qamrab oladi.

Ikkinchidan, «inson va jamiyat» o‘rtasidagi munosabat bi- lan bog‘liq muammolar bo‘lib, bularga ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT); maorif va madaniyat; aholi ko‘payishining tez sur'atlar bi- lan ildam ketishi — «demografik portlash», kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez o'zgarib borayotgan ijtimoiy muhitga moslashishi, Shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin.

Uchinchidan, «inson — tabiat» munosabatlariga esa xom ashyo resurslarini tejash, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar ta’sirida vujudga keladi, ular- ni hal qilishda esa ijtimoiy omillarning o‘rnini va ahamiyatini to‘g‘ri anglagan holdagina masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.

Xuddi Shuningdek, sof ijtimoiy umumbashariy muammolar- ning yechimida tabiiy omillarning bu jarayonga bevosita ulanib ketishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Ham ijtimoiy, ham tabiiy omillar asosida yuzaga chiqadigan umumbashariy (global) muammolar bir butunlikni tashkil etib, ularga har tomonlama (kompleks) yondashish kerakligini hayotninj o‘zi taqozo etmoq- da. Bu esa, o‘z navbatida, falsafa fani zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.




191

Insoniyatning kelajagi to‘g‘risida tarixda turli-tuman bashorat- lar mavjud, ular bir necha xillarga bo‘linadi. Masalan, xalqi- mizning ilk tarixiy qadriyatlaridan bo'lgan muqaddas «Avesto» yozma yodgorligi ham umumiy bir tarzda insoniyatning kelgusi istiqbolini bashorat qilib, kishilarni mushtarak maqsadlar tomon yo‘naltirishga harakat qilgan. Bunday bashoratlar diniy mazmun- ga asoslangan bo‘lib, o‘z davri uchun katta ahamiyat kasb et- gan edi. «Avesto»da Zardusht o‘limidan so‘ng 3000 yil o‘tgandan keyin, erkin farovonlik zamoni keladi, Axura Mazda qudrati Axriman yovuzligi ustidan to‘la g‘alaba qozonadi, deya ishonch bildirilgan edi.

Ikkinchi xil bashoratlar o‘rta asrlarda keng tarqalgan, hozirda ham G‘arb mamlakatlarida shuhrat qozonayotgan bir qator G‘arb futurologiyasi mazmuniga ega. G‘arb futurologiyasining mashhur namoyandalaridan Fon Karman, Ye.Shervin, G.Kan va boshqa- lar insoniyatning kelgusi isdqbolini, asosan, yadro halokati yoki boshqa bir umumbashariy muammolar bilan bog‘lab pessimistik manzaralarni chizib ko'rsatishga urinadilar.

Kishilik jamiyatining kelgusi istiqboli to‘g‘risida jiddiy ilmiy bashoratlar orasida 1968-yilda A. Pechchei tomonidan asos solin- gan «Rim klubi» a’zolari bo‘lgan J. Forrester, D. Medouz, Ya. Tinbergan, A.King va boshqalar tayyorlagan hisobotlarning il- miy ahamiyati nihoyatda katta. Ularda insoniyatning kelgusi is- tiqbolini shubha ostida qoldirayotgan umumbashariy muammolar ko‘lamining kengayib borishi, kishilar tomonidan tabiatga qilina- yotgan zug‘umning mudhish oqibatlari qanday bo‘lishi to‘g‘risida jiddiy mulohazalar yuritiladi. «Rim klubi» a’zolari tomonidan qilingan bashoratlar ilmiy-falsafiy mazmunga ega bo‘lib, unda asosan tajriba sinovidan o‘tgan bilimlar va mantiq qonunlari va kategoriyalariga suyangan holda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida muhim ilmiy xulosalar bayon qilingan.

Demak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi istiqbolini belgi- lashdagi eng muhim belgilar sirasiga umumbashariy muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning yechimi umumin- soniy mushtarak manfaatlar yo‘lida hamjihatlikda qilingan sa’y- harakatlar ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar


192

anchagina. Masalan, 1955-yil 31-yanvarda Frederiko Julio Kyuri (u shu paytda jahon ilmiy xodimlari federatsiyasi tashkilotining prezidenti edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga xat orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus olayotgan- ligini, bu falokatning oldini olish uchun fan arboblari birgalikda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel F. Kyuri taklifini qo‘llab-quvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy oqim tarafdorlari bo‘lib qolmasligi, bunda jahondagi bar- cha kuchlar, har bir xalq, jamiyat vakillari ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi.

Masalaga bunday yondashish falsafiy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy ada- biyotlarda «yangicha tafakkur uslubi» deb atalgan va jahonning eng atoqli olimlari A. Eynshteyn, F. Julio Kyuri, M. Born, L. Po- ling va boshqalar tomonidan imzo qo‘yilgan manifestga asos qilib olingan edi. Natijada 1955-yil 9-iyul kuni B. Rassel tomonidan o‘tkazilgan matbuot konferensiyasida «Rassel-Eynshteyn mani- festi» nomi bilan shuhrat qozongan, butun Yer yuzi aholisiga, siyosat va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqiriq e’lon qilingandi. U hozirgi paytda tinchlik va qurolsizlanish uchun kurashuvchi Paguosh harakatini boshlab bergan edi. Mani- festda: «Biz yangicha fikr qilishga odatlanishimiz kerak. Biz o‘z- o‘zimizdan u yoki bu guruh mamlakatlarning harbiy g‘alabasini ta’minlash uchun nimalar qilish zarur, deb emas, balki yadro halokati va uning dahshatli oqibatlari qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar qilding, deb so‘rashimiz kerak», — degan so‘zlar bor edi.

«Rassel-Eynshteyn manifesti» chop etilganiga ham mana 60 yilga yaqin vaqt o‘tdi. Bu vaqt mobaynida yadro qurollarini ish- lab chiqish va sinab ko‘rish ko‘lami bir necha barobar ko‘paydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan vaqt mobaynida qurolla- nishga 18—20 trln. dollar mablag‘ sarflandi. Hozirgi kunda harbiy sohalar uchun har yiliga 1,4 trln. dollar miqdorida mablag‘ ajra- tilmoqda. Bir kunda qurol-yaroqqa ajratiladigan mablag‘ 3,4— 3,5 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilamiz. Jahon sog‘liqni saqdash tashkilo-




193

tining bezgakka qarshi kurash tadbirlari uchun bir yilda 28—30 mln. dollar ajratishini, xalqaro nufuzli tashkilot YUNESKOning bir yillik budjeti 950—980 mln. dollar miqdorida ekanligini hi- sobga olsak, masala oydinlashadi.

Harbiy sanoat o‘z domiga tabiatning shunday noyob boyliklari- ni tortayaptiki, bu sarf-xarajatlar o‘sish sur’atining tezligiga qarab beixtiyor o‘z kelajagimiz to‘g‘risida xomush xayollar og‘ushida qolmasdan iloj yo‘q. Bu soha faqat tabiiy resurslar bilan chekla- nib qolmasdan, balki, o‘ta kamyob aql egalari, talantli kishilar- ning aqliy faoliyatini ham o‘z izmiga solib, oqibatda, ilmiy-texni- ka taraqqiyotining insoniyat manfaatiga qaratilgan yo‘nalishiga asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin