Falsafa asoslari


Ekosoflya va insonni asrash muammolari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə76/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Ekosoflya va insonni asrash muammolari. Ma'lumki, inson tana va ruhdan iborat. Ruh va tananing bir-birini taqozo eti- shi, ayni vaqtda, bir-birini inkor etishi, har safar yangi va yangi kuch bilan namoyon bo‘luvchi ziddiyat sifatida, o‘z yechimi- ni faqatgina ma'naviy va jismoniy bo‘lmagan boshqa bir narsa vositasida topishni taqozo etadi. Shu ma'noda, o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, o‘zlikni anglash va asrash muammosi doim inson ekologiyasining bosh muammosi bo‘lib kelgan. M.Monten o‘z vaqtida «Dunyoda eng muhimi o‘zlikni saqlashdir», deb bejiz yozmagan.

Binobarin, biz o‘z manfaatlarimiz sohasini o‘rganishimizga qarab, asosan shaxsiy mo‘ljallarimiz chegarasidan chetga chiqa- miz va o‘zimizdan boshqa narsalarni, bizni qurshagan muhitni ko‘ra boshlaymiz. Inson ekologiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, inson populyatsiyalarining real turmush tarzini o‘rganishni na- zarda tutish lozim. Bu yerda nafaqat insonning jismoniyligi, u yashaydigan moddiy muhit, balki ma’naviyat ham muhim aha- miyat kasb etadi.

Zamonaviy fanlarda bu borada «Ekosofiya» atamasi qo‘llanmoqda. U yangi atama bo'lib, shaxs xulq-atvorini bel- gilaydigan va uning o‘zligini saqlash xususiyatini ta’minlovchi shaxsiy qadriyatlar majmuyi hamda shu asosdagi dunyoqarashni anglatadi. Ekosofiyaning kategoriyalar tizimiga o‘z qobiliya- tini ro‘yobga chiqarish va qadriyatlar tizimidan tashqari, o‘z- o‘zini tinimsiz o‘rganish ham kiradi. Uning eng yetuk shaklini


184







  1. Kantning mashhur savollarida ko‘rish mumkin: «Inson nima? Men nimani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman? Men nima qilishim kerak?» Bular umuminsoniy muammolar ro‘yxatiga kiritilgan umumiy olamshumul savollardir. Ammo ya- shash jarayonida vaziyatga qarab muayyan savollar tug‘ilishi ham mumkin.



Inson har safar o‘z ahamiyatini teran his etganida muayyan qobiliyatlarini faollashtiradi. Inson mohiyati befarqlik holatida bo‘lganida (inson ko‘pincha bu holatni o‘zi xohlagan holat sifati- da qabul qiladi), ongning barcha imkoniyatidan foydalanilmaydi. Har qanday tanglik yoki mushkul muammo soat bongi sifatida yangrab, odamni mudroq uyqudan uyg‘otadi. Insonning «uxlab yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‘otish» muhim vazifa. Ko‘pgina odamlar shu asosda «o‘z ichidagi xira tortgan chiroqni qayta va yorqinroq yoqishni o‘rganadi». 0‘z qobiliyatlarini mumkin qadar kengaytirish uchun zarur darajasiga erisha olmaslik insonning asosiy muammosi hisoblanadi.

Inson evolyutsiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengayti- rish va axloqiy qadriyatlarini takomillashtirish sohasiga tatbiqan hal qilinadi. Inson o‘z ichki birligi, doimiy egasini anglab yetishi lozim. Evolyutsiya yo‘lidagi birinchi qadam — o‘z-o‘zini o‘rganish. Bunda salbiy emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar mavjud ekan, uning birligi, ongi, irodasi rivojlana olmaydi. 0‘z-o‘zini rivojlan- tirish uchun inson o‘zini kuzatishni, o‘zining foydali va zararli jihatlarini farqlashni o‘rganishi lozim. Shaxsda yuzaga keluvchi qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning rivojlanishini yo‘lga soladi va nazorat qiladi.

Xullas, odam zotining ona zamindagi hayoti, inson umri, uning ma’nosi, shaxs kamoloti bilan bog‘liq masalalar tavsifl va ularga nisbatan yondashuvlar xilma-xilligi davom etmoqda. In- sonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida yangi qarashlar paydo bolmoqda. Lekin bir narsa aniqki, haliga- cha hech kim bu masalalarda nima asl haqiq tt, nima ikkilamchi, nimaning ahamiyati boshqasinikidan ko‘p yoki kamligi haqida mutlaq to‘g‘ri va hamma tan oladigan xulosaga erisha olgani


185

yo‘q. Balki buning iloji ham yo‘qdir va bunday haqiqat kerak ham emasdir. Agar bunday haqiqatlarga erishilsa doimo yangilikka, kashfiyotlarga intiladigan inson uchun bu dunyoning qizig‘i ham qolmasligi mumkin. Bu esa odam zoti mavjud ekan uning uchun o‘zi va boshqa odamlar, ularning hayoti, faoliyati, insonlar ora- sidagi munosabatlar, aloqalar, shaxsning olamdagi va jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq masalalar azaldan to abadgacha mavjud va dolzarb bo‘lib qolaverishidan dalolat beradi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin