Falsafa asoslari


Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə147/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni. Jamiyatning tinchligi, barqarorligi, taraqqiyoti yoki tanazzuli, tom ma’noda aytganda ekzistensiyasi, ya’ni mavjudligini ta’minlovchi ijtimoiy me’yorlar yaralishiga ko‘ra moddiy-iqtisodiy, siyosiy-ijti- moiy omillar bilan belgilanishi mumkin, ammo uning avloddan- avlodga uzluksiz o‘tib borishining birlamchi negizi avvalo tarbi- yadir.

«Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlar- ga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi»1 2. Demak berilgan ta’rifdan ham bilsa bo‘ladiki, insoniyatning bu-




1 Adliya vazirligining t/mehuquqiy axboroti.


2 0‘zbekiston milliy enseklopediyasi. 8-jild. — T.: 0‘zbekiston milliy enseklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. -272 b.


305

tun borlig'i, ekzistensial mohiyati tarbiya tufayli ro‘yobga chiqadi va voqelikka aylanadi.

Yosh avlodning, umuman jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga mahkum. Buni hech kim inkor qila olmaydi. 0‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan o‘zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr qo'yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog‘idan bosh- lab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma'naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga e’tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin»!, deganida haqli edi.

E’tibor bersak xalqimizning lug‘at boyligida inson tarbiyasi bi- lan bog‘liq bir qator so‘z va iboralarni uchratamiz: aqliy tarbiya, ruhiy tarbiya, axloqiy tarbiya, ma'naviy tarbiya, g‘oyaviy tarbiya, siyosiy tarbiya, ijtimoiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va hokazo. Diqqat bilan nazar solinsa tarbiyaning aksariyat shakl- lari tom ma’noda kishining ma'naviy tarbiyasiga qaratilganini ko‘rish mumkin. Ma’naviy tarbiya negizini esa birinchi navbatda aqliy, ruhiy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish tashkil etadi.

Jamiyatimiz, xalqimiz ongi bunday salbiy tushunchalardan xoli. Farzand tarbiyasi xalqimizning o‘z qo‘lida. Biroq jamiyat- ning, hayotning bugungi jadal rivoji, munosabatlarning tezligi ba’zan kishini chalg‘itib, muhimni-nomuhimdan ajratib olishida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Bizni o‘rab turgan muhitda tarbi- yaga ta’sir e’tuvchi omillar salmog‘i ortib bormoqda. Masalan, televideniya va radio, kino va video mahsulotlari, turli reklama afishalari, internet kabilar shular jumlasidandir.

Bugungi g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning, chetdan kirib kelayotgan turli tahdidlarning nishoni ham birinchi navbatda yoshlar, ya’ni ularning ongi va qalbini egallash. Agarki, ota-ona- 1




1 Karimov I.A. Yusak ma'naviyat - yengilmas kuch. — T.: Ma‘naviyat, 2008. - B. 55-56.


306

lar saodatli umr kechirishni istasa, xalq kelajagi porloq bo‘lishini o‘ylasa, mamlakat tinchlik va barqaror taraqqiyotni maqsad qil- gan bo‘lsa tarbiya, tarbiya va yana tarbiya masalasi dolzarb bo‘lib qolaveradi. Zero, ulug‘ ajdodimiz AAvloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir».




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin