Tayanch tushunchalar: oila, nikoh, munosabat, qonun, oila psixologiyasi, davlat, ota-ona, farzand, oila nomusi, yoshlar tarbi- yasi, ma’naviy, axloqiy, ijobiy, salbiy, oqibat, oilaviy muhit, ta- moyil, psixologiya, milliy, oila shartnomasi, kamolot, an’anaviy, noan'anaviy, tarbiya.
Takrorlash uchun savollar
Nikoh va uning mohiyatan axloqiy munosabat ekanini qan- day asoslay olasiz?
Nikoh va muhabbatning o‘zaro munosabatlari haqida qan- day fikrdasiz?
Oilaning ijtimoiy-ma’naviy muhit sifatidagi mohiyati.
Oila, jamoa va jamiyatdagi namunaviylik tamoyilining ax- loqiy tarbiyaga ta'siri.
Nikoh va oilaga doir milliy qadriyatlar haqida gapiring.
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma'naviy- axloqiy jihatlarini izohlang.
Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni qanday?
308
mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Axloqiy madaniyat. Madaniyat taraqqiyoti tarixida inson madaniyati avvalo uning axloqiy madaniyati bilan belgilanganln gini kuzatish mumkin. Modomiki, axloqiy madaniyatda madaniy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, shu bilan birga, ayni uning o‘ziga xos xususiyatlari gavdalanar ekan, ularni madaniyat fak safasi negizida qarab chiqish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Axlo. qiy madaniyat madaniyat turlari ichida keng qamrovliligi bilaiy ajralib turadi. Axloqiy madaniyat jamiyat a’zolari tomonidan ax> loqiy tushuncha, tamoyil me'yorlar, ideallarni o‘zlashtirish aso. sida axloqiy kamolotga yetishishdir. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o‘z tajribalarid^ foydalanish, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish singarj jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajanj yuksaltirishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, shaxsni mas'uliyatlj siyosiy jihatdan idrokli, axloqan pok va ma’naviy barkamoj bo‘lishida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta bo‘lib, u insoj, faoliyatining barcha soha va tarmoqlari bilan bog‘liqdir.