Falsafa asoslari


Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma'naviy, axlo- qiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy kamo- lotga salbiy ta’siri



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə146/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma'naviy, axlo- qiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy kamo- lotga salbiy ta’siri. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma'naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish ayniqsa bugun dol- zarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Oilada kishi xarakterining, uning mehnatiga, eng muhim ma’naviy, g‘oyaviy va madaniy boyliklariga munosabatining asosi shakllanadi. Shuning uchun ham jamiyat oilaning mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom bo‘lishidan g‘oyat manfaatdordir. 2012-yilga «Mustah- kam oila yili» deb nom berildi. Mamlakatimizda oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish borasida yangi qarorlar, das- turlar qabul qilindi. Bugun ham ushbu dasturlarda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda. Chunki oila mamlakatimizdagi eng oliy qadriyat sanaladi. Oilaning eng muhim vazifasi esa tarbiya hisoblanadi.

Oila — tarbiya maskani, aynan shu maskanda dunyoga kel- gan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, bal- ki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab boradi. Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi qadriyatlar ona suti, oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati mazmuniga singib boradi.

Ta’lim-tarbiyaning hamda ma’naviy va axloqiy fazilatlar- ning rivojlanishida oila uning negizi, ya’ni tayanchi hisobla- nadi. Oilada farzandlarning yetuk inson sifatida kamolga yetishi ko‘p jihatdan ota-onaga bog‘liq. Farzand tarbiyasining bu qadar muhimligi shunda namoyon bo‘ladiki, hozirgi yoshlar ertaga butun yurtning egalari, merosxo‘rlari, davomchilari bo‘lishadi va shu sababdan ham butun yurtning kelajagi hozirgi yosh- larga bog‘liqdir. Agar oiladagi muhit yaxshi bo‘lsa hamda far- zandga alohida e'tibor berilib unda salbiy xislatlarning paydo bo‘lishining oldi olinsa, yaxshi xulq bilan shakllanib boradi. 0‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya bilimlar shakllani- shi jarayonida oilaning kattalari — bobolar, momolar, yaqin qa-


302

rindosh urug‘lari ham bevosita ishtirok etadi. Udumlarimizga binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham ko‘ra buva va buvilar- ning ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ular oiladagi ma’naviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanadi.

Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Shu boisdan ham «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi»da bu masalaga alohida urg‘u berilgan.

Ya’ni:




  • «oila oilaviy an’analarni hamda ma’naviy-axloqiy merosni saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi;



  • jamiyatning eng kichik bir qismi bo‘lib, bolaning madaniy, estetik va boshqa ehtiyojlari o‘sishini va sog‘lom turmush tarzini ta’minlovchi;



  • bolaning xulq-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy;



  • hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo masla- hatchisi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatguvchisidir», deyiladi.



Oilada ba’zida farzandlar bilan bog‘liq muammolar tufayli, qarindosh-urug‘larning o‘rinli va o‘rinsiz oilaga aralashuvlari tufayli, kasalliklar, yetishmovchiliklar tufayli qiyin vaziyat- lar yuzaga kelishi mumkin. Mana shunday damlarda mavjud holatni axloqiylik bilan baholab, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish er-xotinning irodasiga, bilimiga, hayotiy tajri- basiga bog‘liqdir. Mana shu jihatlarning yetishmasligi sababli ham ajralishlar ko‘paymoqda. Bundan tashqari, sotsiologlar ajralishlarning bir qancha sabablarini sanab o‘tishgan: «Badav- lat kishilarning bir qismini hisobga olmaganda, bugungi kun- da nikoh odamlarning o‘z mulki va mavqeini keyingi avlodga o‘tkazish maqsadidagi sa’y-harakatlari majmuyi bo‘lmay qoldi. Ayollar iqtisodiy mustaqilligining ta'minlanishi bilan nikoh qa- chonlardir bo‘lganidek, iqtisodiy sheriklik zaruriyatining nati- jasi hisoblanmay qoldi»'. 1


1 Giddens E. Sosiologiya. — T.: «Sharq», 2002. — 442 b.

303


Oiladagi ruhiy-ma’naviy muhitning buzilishi, ota-onasi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bolalarda o‘zining juda yomon aso- ratlarini qoldiradi. Chunki oilada kamol topayotgan farzandlar ham ularning muomala-munosabatidan, o‘zini tutishidan namu- na oladi. Muammolarni obyektiv baholab, hal etish o‘rniga ota so‘kinishni odat qilsa, ichkilikka ruju qo‘ysa, ona sabr-toqatni unutib, andishasiz gap-so‘zlarga erk bersa, farzandlar tarbiyasiga befarq bo‘lsa, bunday oilaning poydevori darz ketishi shubhasiz. Falsafa fanlari doktori Viktor Alimasov bu haqda shunday yozadi: «Zavjasi bebaxtu o‘zi baxtiyor erni ham, eri bebaxtu o‘zi baxtiyor xotinni ham uchratmadim. Baxt ham, bebaxt ham ahlda barobar taqsimlanadi»'. Demak, oilaviy baxtda ham uyg‘unlik, bir-birini tushuna olish muhimdir.

Bugun mahallalardagi komissiyalar tomonidan oilalarning ij- timoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga oid masalalar yuzasidan bir qator ijobiy ishlar, xususan oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, aholining ijtimoiy himoya- ga muhtoj qatlamini manzilli qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbir- korlik va oilaviy biznesni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ish- lar amalga oshirilmoqda. Komissiyalar tomonidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida oilaviy ajrimlar soni 50 foizga, notinch oilalar 30 foizga qisqarganini ta’kidlash lozim. Bir kun janjal chiqqan joydan qirq kun baraka ketadi, deydi xalqimiz.

Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va jamiyat hayotidagi nu- fuzini ta’kidlash bilan birgalikda, uning mustahkamlovchi ka- folatli omillarining rolini o‘rganish, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda 2017-yil davomida 306197 ta oila jamiyatimizga qo‘shilgan bo‘lsa, shu yilgacha qayd qilingan nikohlarni 31930 tasi bekor qilingan. Taqqoslash uchun 2016-yil- da 275048 ta nikoh qayd qilingan va 29321 ta nikoh bekor qi- lingan. Ajralishlar soni 2016-yilga nisbatan 2609 taga yoki 8,1% ko‘paygan. Ushbu ajralishlar FXDYO organlari orqali 621 taga (1,9 %) va sud qarori asosida 1988 taga (6,2%) ko‘paygan. 1


1 Alimasov V. Topgan va topingan bitiklarim. — T.: Falsafa va huquq. 2007. — 71 b.

304


2017-yil nikohi bekor qilingan oilalarni tahlil qilinganda 1—8 yilgacha o‘zaro er-xotin sifatida yashab keyin ajrashganlar soni 18575 ta yoki 58%, shundan 2 yildan 3 yilgacha birga ya- shab 5174 ta (16,2%), 4 yildan 5 yilgacha birga yashab 5524 ta (17,3%) si ajrashgan. 50 yil birga yashab «01tin to‘ylari» bo‘lgan 23 ta oila ajrashgan. 60, 63, 65 va 67 yil yashagan bittadan oila ajrashgan1.

Oila hayoti shunday murakkab jarayonki, har bir holat yetti o‘lchab, bir kesishni taqozo qiladi. Yengil-yelpilik, o‘zi bo‘larchilik ketmaydi. Oilaviy hayotda qo‘yilgan bittagina noto‘g‘ri qadam bir umrga tatishi mumkin. Tinchlik-osoyishtalik bo‘lmagan oilada barkamol farzand voyaga yetishi juda qiyin. Bunday oilada farzand ko‘ngli o‘ksik, ruhi siniq bo‘lib o‘sadi. Qush inida ko‘rganini qila- di deganlaridek, ota-ona farzandiga o‘rnak bo‘la olishi har qanday tarbiya vositalaridan ustun va ishonchlidir. Bolalar ota-onasiga taqlid qilishni yaxshi ko‘radi, oiladagi bolaga aytib, gapirib, pand- nasihat berib tarbiya berilganidan ko‘ra, amalda ko‘rsatib, namuna bo‘lib tarbiyalash har doim ham samarali kechgan.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin