Tinchlikparvarlik — shaxs axloqi va ma'naviyatini belgilovchi fazilatlardan biri bo‘lib, u urushlarga yo‘l qo‘ymaslik, davlatlararo nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish, mamlakat ichidagi kelishmovchiliklarni tinch yo'llar bilan bartaraf qilish, inson huquqi va qonun ustuvorligini ta’minlash tamoyillarini ifo- dalovchi tushunchadir.
Tinchlikparvarlikning yana bir ko‘rinishi bu totuvlik bo‘lib, 1) tor ma’noda — odamlar, oila, mahalla yoki guruh a’zolari ora- sidaga o‘zaro ma'naviy-murosaviy munosabat; 2) keng ma’noda fuqarolarning ma’naviy-axloqiy mezonlari, xatti-harakatlari, hayotga munosabatlarida ko‘zga tashlanadigan ma’naviy hodisa. Totuvlik jamiyatda turli xil ijtimoiy qatlam va guruhlarning turli millat, irq va dinga mansub kishilarning o‘zaro munosabatlari- da, ularning muayyan davlat siyosatiga bo‘lgan munosabatlarida hamfikrlilik tamoyili asosidagi umumiylikni anglatuvchi tushun- cha hamdir.
Axloqiy me’yorlar ham inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Halollik - vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik me- zoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosa- bati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qiladigan axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning yemak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti-harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bo‘lib amal qilgan, uning ziddi — harom diniy nuqtayi nazardan sal- biy hisoblangan xatti-harakatlarga nisbatan qo‘llanilgan. Ko‘rib o‘tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yota-
288
di va u ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan: solih banda- lar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go‘zal axloq egalaridir. Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan chiqib, asta-sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy me’yorga aylandi, teran ma’naviylik kasb etgani holda, kundalik hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo‘lib qoldi. Masalan, hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimoti- ning takomillashuvi, ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida biz kasbiy halollik ilmiy halollik, iqtisodiy halollik va boshqalar haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga solib kelgan. Chunonchi, Imom G‘azzoliyning harom yeyish haqida to‘xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas: «Chunonchi, Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, hayo- ni — dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir, u iffatning pardasi, vijdon- ning niqobi deb ataydi».
Kamtarlik — shaxsning o‘ziga va atrofdagilarga samimiy mu- nosabatini ifoda etadigan axloqiy hodisa, inson axloqini bezay- digan fazilatlardan biridir. Kamtarlik o‘zini o‘zgalardan yuqori qo‘ymaslik, o‘z kuch-qudratini namoyish qilib maqtanmaslik, o‘zini boshqalardan ustun deb hisoblamaslik.
Kamtarlikning ziddi manmanlik, takabburlik eng tuban il- latdir. Kamtarlik insonni yuksaklikka ko‘taradi, manmanlik esa tubanlashtiradi. Manmanlik, takabburlik jamiyatning olg‘a in- tilishiga to‘siq bo‘ladigan illatlardan biridir. Manman kishi o‘zi haqida juda yuqori fikrda bo‘ladi, atrofdagilarni mensimaydi, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan yuqori qo‘yadi va oqibatda shuhratparastlik, xudbinlik to‘riga ilinadi, jamiyatda obro‘sini yo‘qotadi.
Kamtar inson o‘zgalardan kamchilik axtarmaydi, o‘z kam- chiliklarini ko‘ra biladi, uni bartaraf etishga harakat qiladi. Kam- tarlik bilan sabr-toqat yonma-yondir. Kamtar inson yaxshi-yo- mon kunga sabr-qanoat qiladi, o‘zligini yo‘qotmaydi. Xalqimiz orasida «Kamtar kam bo‘lmas», «Kamtarga kamol, manmanga
289
zavol» kabi maqollar ushbu axloqiy fazilat insonni yuksaklikka ko‘tarishi, xalq hurmatiga sazovor etishini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |