Falsafa asoslari


Arab xalifaligi va Islom falsafasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə15/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Arab xalifaligi va Islom falsafasi. Movarounnahr arab xalifaligi tarkibiga kiritilishi arafasida Turk qog‘onoti tizimiga mansub edi. U mayda amirliklardan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida tinimsiz to‘qnashuvlar ro‘y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog‘onoti bi- lan sosoniylar Eroni o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movaroun- nahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo‘qligi, o‘zaro qirg‘in-barotlarning avj olishi sa- bab bo‘ldi.

Movarounnahrga arab xalifaligi bilan birga Islom dini ham kirib keldi. Ushbu dinning nazariy asoslari musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’on va Hadislarda aks etgan bo‘lib, Islom asrlar davomida yurtimiz tarixi va xalqimiz tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu haqda manbalar ko‘p va biz shu sabab bu to‘g‘rida keng to‘xtalmaymiz. Islom falsafasi va uning naza- riy hamda amaliy masalalari haqida ham yurtimizda manbalar bisyor.

Islomda kalom ilmi shakllangan va u islom ilohiyotining o‘ziga xos falsafiy ta’limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishda Qur'onga tayanadi va Ollohning haqligi, uni olamning yaratuv- chisi ekanligi, olam va insonning Olloh tomonidan yaratilgani va odamzodning Tangri oldida mas’ul ekanligini ta’kidlaydi.

Payg‘ambarirniz Muhammad alayhissalom vafotlaridan buyon o‘tgan asrlar davomida Islomda turli mazhablar va oqimlar shakl- landi, kalom bilan yonma-yon ma’naviy jarayonlar silsilasida mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari ham namoyon bo‘ldi.


38

Qadimgi Yunon falsafasi an’analarida siyosiy faoliyat va do- nishmandlik ko‘p hollarda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘lsa, Islom falsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda davlatni boshqarish — bu san’at, ammo u «011oh hammani teng qilib yaratgan» degan ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilmog‘i zarur, ijtimoiy adolat esa teng huquqlilikka amal qilish tufayli barqaror bo‘la oladi, deb hisoblanadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin