Falsafa asoslari


0‘zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy- lik (alimoti



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə14/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

34

0‘zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy- lik (alimoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlari- gacha bo‘lgan davr mahsuli bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan hiri zardushtiylikdir. Bu ta’limotga Zardusht asos solgan bo‘lib, Sharq va G‘arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhur- dir. Manbalarga ko‘ra, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanligi haqida aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. U o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan. Lekin uning payg‘ambarligi ilohiy kitoblarda o‘z tasdig‘ini topmagan.

Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu ta’limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo‘lgan. Zardushtiylikning bosh ki- tobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to‘g‘risidagi tasavvurlari, o‘ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomon- lik, yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o‘lim borasidagi qarashlar o‘z ifodasini topgan. «Avesto»da, Shu- ningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma'lumotlar ham berilgan.

Falsafa tarixida makedoniyalik Shox Filippning o‘g‘li Alek- sandr (eski o‘zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtri- ya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o‘rin tutgan. Manbalarda Aleksandr «Avesto»ning ko‘pgina qis- mini yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar bor. Bugungi kun- gacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bil- magani, uni o‘qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni yoqish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqi- qatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo‘lsa-da, xaspo‘shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o‘z zamonida fanlarning otasi deb nom ol- gan falsafani fan darajasiga ko‘targan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan ta’lim olgan edi. Binobarin, Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan kimsa deb ta’riflash tarix haqiqatiga to‘g‘ri kelmaydi.


35

To‘g‘ri, u «Avesto»ni o‘tda kuydirgan bo‘lishi mumkin. Le- kin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki yerli xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qo‘ygan milliy g‘oyalar timsoli bo‘lgan va o‘z saltanatiga qarshi mutta- sil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. U, yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin far- zandlari uchun o‘zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbayi bo‘lib qolaverishini nihoyatda yaxshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qar- shi urush qilib, yahudiylarning yerini bosib olganida tub aholi- ning madaniy boyliklarini yo‘q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning ta- sodifiy emasligidan dalolat beradi.

Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birin- chi ishi xalq va millatlarni zo‘rlik bilan bosib olish, boylikla- rini talash bo‘lsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o‘z tarixi va an’analaridan uzib qo‘yish, madaniy merosini talon-taroj qilish, uning ma’naviyatini yo‘qotishdan iborat bo‘ladi. Tarixning bu achchiq sabog‘i mustamlakadan ozod bo‘lgan, o‘z mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa bo‘lib xizmat qiladi.

Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-fal- safiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta'limotga asos solgan donishmand Sidharta urug‘idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo‘lgan. Buddaviy- lik Islomga qadar 0‘rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o‘rin tutadi. Bu ta’limot 0‘rta Osiyoga eramizdan avvaigi II—I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, uni Toharistonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Ku- shonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi.

Buddaviylikning 0‘zbekiston va Hindiston xalqi o‘rtasida o‘z davrida ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlari- miz orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari ham o‘sha davr-


36

g.i borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqi- sbi lasodifiy emas.

Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng larqalgan edi. U zardushtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha lisolalar yozgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy liatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. Uning ta'fimoticha, hayotda dastavval nur dunyosi — yaxshilik va zulmat dunyosi— yovuzlik bo‘lgan. Ular o‘rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsulijdan iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini hi- moya qiluvchi ta’limot bo‘lgani sababli hukmron mafkura qar- shiligiga duch kelgan.

Moniylik ta'limoti asosida Mazdak ta'limoti yuzaga kelgan. U eramizning V—VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470—529-yillar) bo‘lgan. Mazdak va uning maslakdosh- lari o‘z qarashlarida xalq ommasiga suyangan. Xalqning ozod- lik, erkinlik, hurlik yo‘lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari ko‘payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo‘lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo‘yish va o‘ta kambag‘allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho‘chigan shox Mazdak- ni turli hiylalar bilan o‘limga mahkum etadi. Mazdakiylar hara- kati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mam- lakatlarda muayyan darajada davom etgan.

Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, ular ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega. Vatanimizning o‘sha davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizatsiya- siga katta ta’sir ko‘rsatgan. Afsuski, Vatanimizning ana shu davr tarixi nihoyatda kam o‘rganilgan. Bu davrga oid manbalarning aksariyati esa yo‘q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bo‘lsa, mam- lakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yo‘ldan


37

borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to‘g‘risidagi maqsad-muddaolarni butunlay yo‘qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda niho- yatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik g‘oyalariga mos kelmaydigan juda ko‘p namunalarini ayovsiz yo‘q qilishgan.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin