Qadimgi Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham in- soniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlab- ki talimotlar yozma manba — «Veda»larda o£z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo‘lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan ay- tilgan so£zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tari- xi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to‘rtta to£plam (samxitlar) shak- lida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adharvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo£lgan manbalarda ham o£z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tash- kil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki fa safiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan nomalum muallif- larning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har
31
xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borliq, uning ha- yotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning ha- yoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy- mifologik nuqtayi nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo‘linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablardir. Ushbu maktab- larning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan- bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta'kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-fal- safiy maktablar bo‘lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqad- dasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo'lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) mod- da va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo‘nalishga, aso- san, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagi- lardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bo‘lmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.