Falsafa asoslari


Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə153/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. Jismonan sog‘, ma’nan barkamol, zararli ta’sirlardan, salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, pok, soglom fikrli avlodni, sog‘lom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, fikri tiniq, iymon- e’tiqodli, ma’naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tar- biyalashda har bir jamiyat a’zosi olib borayotgan turmush tarzi juda katta rol o‘ynaydi. Sog‘lom bolaning tug‘ilishi, eng avvalo, ota-onaning sog‘lig‘iga bog'liq. Sog‘lom oila boMmasa, barkamol avlod ham, istiqboli porloq millat ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e’tibor berib kelinmoqda.

Inson uzoq umr ko‘rish va tinch hayot kechirish maqsadida sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lish, o‘z yoshligi, husni va ish- chanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir.

Sog‘lom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalo- lat beruvchi omillardan biridir. Sog‘lom turmush kechirish uchun organizmni tabiiy muhitning turli sharoitlariga chiniqtirish ta- lab etiladi. Salomatlik insonning ruhiy osoyishtaligi va tashqi muhitning zararli ta'sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Or- ganizmni chiniqtirish, jismoniy mashqlarni bajarish, sovuq suv- da cho‘milish tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning qarshiligini kuchaytirish omillari hisoblanadi. Chiniqish — bu organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtirib borish mexanizmidir.

Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizn ga moyillik. Hozirgi paytda globallashuv jarayoni hayotimizga tez sur’atlar bilan kel- moqda. Uning ijobiy tomonlari birinchi navbatda turli sohalarda

315


(jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalq- lar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda. Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan ish olib boradi, deyish qiyin. Ba'zilar buzg‘unchi kuchlar uchun jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda «ayni muddao» bo‘ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham o‘z qabih niyatlari yo‘lida ishga solish harakatiga tushdilar.

Taraqqiyotga tahdidning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri bu «Ommaviy madaniyat» bo‘lib, u o‘tgan asrning ikkinchi yarmida G‘arbda «pop kultura» nomi bilan vujudga kelgan. Uning asosiy maqsadi insonning ma'naviy yuksalishiga to‘sqinlik qilish, mil- liy madaniyatlar chegarasini buzib, bir xillikni o‘rnatishdan ibo- ratdir. U millat, ma’naviyat, qadriyat kabi tushunchalarni inson ongidan butunlay o‘chirib tashlab, manqurtga aylangan olomonni shakllantiradi. Bugungi kunda «ommaviy madaniyat» G‘arb dun- yosidagi madaniy hayotni izdan chiqarib, oila, nikoh, axloq bilan bog‘liq qadriyatlarga putur yetkazgan holda butun olamga giyoh- vandlik, gomoseksualizm, SPID, egoizm, sadizm kabi illatlarni tarqatmoqda. Bu kabi illatlarni o‘zida mujassam etgan «ommaviy madaniyat» globallashuv sharoitidagi axborotning shiddatli oqi- midan foydalanib, milliy madaniyatlar qiyofasini o‘zgartirishga va xalqlar turmush tarzini yaqinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda «ommaviy madaniyat» dunyoda bir xillikni shakl- lantirmoqda. Inson hayotida bir xillik zerikarli va mazmunsiz yashashga olib keladi.

Globallashuvning eng dolzarb bo‘lgan madaniyatlararo mu- nosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat ko‘rinishini kasb etmoqda. Ana shunday «madaniy qarash»lardan biri kosmopolitizm (yun. kosmorolites — dunyo, olam, dunyo fuqarosi) bo‘lib, bu oqim tarafdorlari yagona dunyo, universa- lizm g‘oyasini ilgari suradilar. «Yagona dunyo erkin fuqarosi»ning bu g‘oyasi go‘yoki har qanday millat va mamlakat manfaatlari- dan ustun turadi. Ularning qarashlariga ko‘ra hech qanday millat yoki mamlakat yo‘q, hamma bir xil dunyo xalqlaridir. Bu g‘oya ham «Ommaviy madaniyat»ning ko‘rinishlaridan biridir.


316

Milliy madaniyatimiz har doim tahdidlarga uchrab kelgan. XX asrgacha gegemonlikni istagan bosqinchi kuchlarning qarshi- ligiga uchrab kelgan bo‘lsa, endilikda mafkuraviy qurol birlamchi bo'lgan global zamonamizda hudud tanlangan qator muammolar tahdid solmoqda. Bu muammolar madaniy chegaralarni buzib, milliy birliklarga ba’zan oshkora, ba’zan esa yashirin ravishda o'zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. «Ommaviy madaniyat» millat va xalq tanlamaydi. Shu bois ko‘p millatli 0‘zbekiston xalqi uning har qanday shakllariga yo‘l bermasdan yagona milliy mafkura atrofida birlashishi maqsadga muvofiqdir.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin