Go‘zallikning elementlari. Go‘zallikning namoyon bo‘lishi, shakllanishi va his etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o‘taydi. Bular — me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va ho- kazo. Mazkur tushunchalar narsa-hodisalarda bevosita yoki bil- vosita ishtirok etib, undagi go‘zallikni namoyon ettiradi. Masalan, bahor faslining go‘zalligi tabiatning uyg‘onishi, ko‘klamning yuz ochishi bilan, qish fasli esa oppoq qor bilan o‘ziga xos go‘zallikni namoyon etadi. Tabiatning ikkala faslida ham go‘zallikning moslik va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi.
Go‘zallikning sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi.
Go‘zallikning xususiyatlari qulaylik, manfaatdorlik, yoqimli- lik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Elementlar, sifat- lar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa-hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin.
Shaxsning ijtimoiy jarayonlar bilan bo‘ladigan munosabatla- rida go‘zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo'ladi. Bu holat ayniqsa, go‘zallikning moddiy va ma’naviy qadriyatlar tizimidagi o‘rnida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki, go‘zallikning har qanday tahli- li shaxs va jamiyat munosabatlari bilan muqoyasa qilingandagina uning ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu bois go‘zallikning ma'naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi o‘rniga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Ma’naviy qadriyatlarning go‘zalligi. Ma'naviy qadriyatlar tizimida go‘zallik quyidagi jihatlari bilan bel; ;ilanadi:
— sog‘lom ruhiyat va hayot haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish;
331
real hayot haqiqatini in’ikos ettirish;
jonli insoniy tafakkur va dunyoqarash manbayini yaratish;
ongli dunyoqarashga asoslangan ijod erkinligini, mustaqil fikrlash hamda zamon bilan hamnafaslik ruhini singdirish;
yangilanayotgan hayot jarayonlariga yaqinlashish va uning ilg‘or tomonlarini yoritish, ularni mazmunan boyitish;
yangicha uslub va badiiy usullardan foydalanish, san’at asarida shakliy go‘zallikka erishish.
Dostları ilə paylaş: |