Falsafa asoslari


Estetika kategoriyalari va ularning tasnifi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə160/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Estetika kategoriyalari va ularning tasnifi. Falsafaning birorta kategoriyasini ham voqelikdan ayri holda tasavvur etib bolmaydi.


328

Chunki, bu kategoriyalar (butun, qism, zaruriyat, tasodif, mohi- yat, sifat va h.k.) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri tahlil etishga ko‘mak beradi.

Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategori- yalariga ega. Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar e'tiborida. Bu borada go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, hunuklik kabi an’anaviy ko‘rinish ko‘pgina adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Bu- gungi kunda go‘zallik — ulug‘vorlik — fojiaviylik — kulgililik; es- tetik ideal — estetik did — estetik tuyg‘u; san’at — badiiy obraz — ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qollanilmoqda.

Biroq, kategoriyalar tizimi qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ularning har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etadi. Go‘zallik nima? Bu savolga estetik tafakkur rivoji tarixida juda ko‘plab javoblar berilgan, xilma-xil nazariya va qarashlar ishlab chiqilgan.

Juda ko‘p yillardan buyon estetika kategoriyalarini yaxlit tizimga solish olimlar e'tiborini jalb etib kelayotgan bo‘lsada, lekin keltiril- gan an’anaviy va zamonaviy tasniflardan ko‘rinib turibdiki, go‘zallik metakategoriya sifatida estetikada muhim ahamiyat kasb etadi.

Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari. Ma’naviy va mod- diy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg‘unligi, hamohang- ligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadri- yat shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning markaziy mezoniy tushunchasi — asosiy kategoriyasi sifatida bar- cha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Chunki estetika bilan bog'liq har qanday savolning javobi go‘zallik ma- salasiga borib taqaladi.

Go‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontolo dyasi bilan bog‘liq. Go‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum




329

yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki tabiat- dagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning go‘zalligini inson takrorlashga ojiz.

Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq. Ya’ni go‘zallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qan- day narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik, haqqoniylik mezonlari bilan o‘lchanadi. Inson go‘zallikni chi- nakam his etganda, uning mohiyatini bilgandagina zavqlanadi, huzur qiladi. Zero, go‘zallikni bilish, idrok etish insonning badi- iy-estetik tafakkurini o‘stiradi.

Go‘zallikni tadqiqot doirasiga ko‘ra tabiat, jamiyat, san’at hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go‘zallik - bu tabi- atdagi narsa, hodisa, jarayonlardagi uyg‘unlik, mukammallikning insonda yorqin va uzviy his-hayajon uyg‘onish jarayonidir. Bu go‘zallik inson uchun tabiatni asrash, undan bahra olishning manbayi bo‘lib, tabiatni estetik qadriyat sifatida qadrlashni taqo- zo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatdagi go‘zallik - bu shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg‘unligini ta’minlovchi adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy muno- sabatlar majmuyi hisoblanadi. Insondagi go‘zallik — bu undagi ma’naviy va jismoniy vujudning uyg‘unligidir.

Go‘zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:



  1. go‘zallik obyekiv mazmunga ega bo‘lgan subyektiv obrazlar, tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. Go‘zallik obyek- tivlik va subyektivlikning o‘zaro mutanosibligi, uyg‘unligidir;



  2. go‘zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning in- sonni ruhlantiradigan, ilhom bag‘ishlaydigan, yuksak oliyjanob maqsadlar sari yetaklaydigan, jo‘shqinlik baxsh etib jonlantiradi- gan tomonlaridir. Go‘zallik xuddi shu ma’noda jism va ruhning uyg‘unligidir. Ruhni oziqlantirib, jismni yanada ulug‘vor qiladi- gan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning xossasidir;



d) go‘zallik — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o‘z huquqini, erkini, qadrini topgan insongina go‘zaldir. Erkin ijod, mehnat bo‘lmagan joyda go‘zallik yo‘qdir;


330

e) go‘zallik — bu odamlarning jamiki yuksak axloqiy fazilat- larini o‘zida mujassamlashtirgan voqelikdir. Zero, shunday ekan go'zallik mavhum emas, balki muayyan shakl-shamoyil, ma’no- mazmunga, mohiyatga ega bo‘lgan real narsa, hodisadir.

Go‘zallikda mujassamlashgan ana shu xususiyatlar uni oliy estetik qadriyat darajasiga ko‘taruvchi kuchdir. Ana shu kuchni axloqiy qadriyatlarning kuchi bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy estetik tafakkurning bosh vazifalaridan biridir.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin