Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə166/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Tayanch tushunchalar: estetika, estetika obyekti, nafosat, go‘zallik, san'at, go‘zallik falsafasi, san’at falsafasi, nafosat tar- biyasi, semiotika, kategoriya, go‘zallik, chiroylilik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, forig‘lanish, fojiaviy qahramon, kulgililik, kulgili holat, hazil, mutoyiba, kinoya, hajviya.

Takrorlash uchun savollar:


  1. «Estetika»ning fan sifatidagi falsafiy mohiyatini tushunti- ring.



  2. Estetika qaysi fanlar bilan o‘zaro yaqin aloqador?



  3. Estetika kategoriyalarining tasnifini izohlab bering.



  4. Nima uchun go‘zallik estetikaning asosiy mezoniy tushun- chasi hisoblanadi?



  5. Ulug‘vorlik tabiatda qanday xususiyatlarga ko‘ra namoyon bo‘ladi?



  6. Tubanlikning illat sifatida ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta'siri nimalarda ko‘rinadi?



  7. Fojiaviylikning falsafiy mohiyatini tushuntirib bering.



  8. Kulgulilik kategoriyasining estetik xususiyatlari nimada?



  1. mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi.

Ma’lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o‘zlarini qurshab turgan tabiat, unda sodir bo‘ladigan turli-tuman o‘zgarishlarni kuzatganlar. Borliqni asosiy shakllaridan bo‘lgan tabiiy borliq, uning o‘ziga xosligi, tabiatni tashkil qilgan narsa va hodisalar, barcha organik va noorganik moddalar olami, o‘simliklar va hay-




339

vonot dunyosi insoniyatni qiziqtirgan eng asosiy muammolardan bo‘lgan. Nafaqat tabiat balki tabiat go‘zalligi, uning estetik tar- biyaviy ahamiyati masalalari ham qadimdan mutafakkir va do- nishmandlarni qiziqtirib kelgan. Insoniyat ma’naviy yuksalishi- dagi eng buyuk nuqtalardan biri uni tabiat va odamzod hayotidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikning mavjudligini idrok etish, tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bo‘lgan.

Go‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiat bilan bog‘liqdir. Tabiatdagi organizmlarning har biri o‘z holicha emas, balki boshqa organizmlar bilan bog‘liq holda yashaydi. Nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq ta’sirida yashaydi, rivojlanadi.

0‘zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan buyon mehr bi- lan qarashga, uni asrab-avaylashga o‘rganib kelgan. Bu milliy bayram, qadimiy an’ana, urf-odatlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Xususan, 0‘rta Osiyo xalqlarining har yili nishonlanadigan Navro‘z bayrami, asrlar davomida ona Yerga va tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni ardoqlash tuyg‘ularini tarbiyalagan.

Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy dao- chilik ta’limotida ham o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. Daosizm ta’limotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vu- judga kelgan, u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. Har qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvo- fiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbayi tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli, Laos- zi nazdida faoliyat - daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili «uvey»- faoliyatsizlik, donishmand kishining «dao»si — bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bo‘lmagan faol xatti-ha- rakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan.

Go‘zallik haqidagi tasavvurlarning tabiat bilan bog‘liqligi yu- non falsafasida ham namoyon bo‘ladi. Qadimgi yunonlar olam-




340

ning tartibli ekanligini, uyg‘unlik va go‘zallik bilan bog‘liq idrok etishgan. Tabiatdagi go‘zallik bu qarama-qarshilikning kelishu- vi, bu osoyishtalikdir. Tabiatning dialektik taraqqiyoti, undagi go‘zallikning o‘ziga xosligi tahlil etilgan.

Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, shariat ahkomlari bilan bir qatorda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni isrof qilmaslik, in- sonning yashash tarzi, shaxsiy gigiyenasi, zurriyotni tozaligiga, o‘simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman ekologiya va ta- biatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan.

Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uyg‘unligi bilan go‘zaldir. Go‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, aniq hissiy ta’sir o‘tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, to‘la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga im- kon yaratadi. Go‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jami- yat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Le- kin go‘zallik qanchalik o‘zining rango-rangligi bilan ajralib tur- masin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo‘lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud.

Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi birda- niga paydo bo‘lmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va ta- biati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan. Inson atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o‘lchanadi, inson uchun tabiatning go‘zallik va xunuk tomonlari ayon bo‘la boshlaydi.

Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudrati- ga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Shu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtayi nazaridan munosabatda bo‘lish salbiy oqi- batlarga ham olib keladi. Insoniyat hozir tabiatni, atrof-muhitni himoya qilib, undan oqilona tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabi-


341

iy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o‘ziga uning yangidan-yangi mo‘jizalarini ochmoqda, undan ta’lim- saboqlari olmoqda.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin