Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə36/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Rivojlanish. 0‘zgarishlarning shunday bir shakli borki, uni falsafada rivojlanish deb ataladi. Rivojlanish bu — muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga qaytmaydigan, ilgarilanma yo‘nalishga ega bo‘lgan, miqdoriy va sifatiy o‘zgarishidir.

Shu jihatdan harakatning ikki xil turi bir-biridan farq qilina- di. Harakatning birinchi turi jismda uning sifati va turg‘unligini saqlagan holda ro‘y beradigan ichki o‘zgarishlarni o‘z ichiga ola- di. Ya’ni har qanday jismda beto‘xtov ichki o‘zgarishlar ro‘y berib




103

turadi, lekin bu o‘zgarishlar shu jismning tashqi sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Atrofimizni qurshab turgan har bir jism molekulalardan, molekulalar esa atomlar va elementar zarrachalardan tashkil top- gan ekan, bu jismlarning molekulyar va atom tuzilish darajasida ham beto‘xtov o'zgarishlar ro‘y berib turadi. Shuningdek, har bir jism o‘zining atrofidagi boshqa jismlarning va ulardan tar- qalayotgan nurlanishlarning ta’siriga ham uchrab turadi. Bunday tashqi ta’sirlarni o‘zida in’ikos ettirish jarayonida ro‘y beradigan o‘zgarishlar ham bu jismning sifatiy o‘zgarib ketishiga olib kel- masligi, uning turg‘unligi va asosiy sifati saqlanib qolishi mum- kinligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

Biz yuqorida qayd etgan ichki va tashqi ta’sirlar oqibati- da ro‘y beruvchi o‘zgarishlar asta-sekin to‘planib, keyinchalik jismda keskin sifatiy o‘zgarishning vujudga kelishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Mana shunday o‘zgarish, ya’ni jismning sifa- tini o‘zgartiruvchi harakat ikkinchi turdagi harakatga kiradi va u rivojlanish deb ataladi.

Rivojlanish jarayoni ham ikki turda bo'ladi. Birinchi turdagi rivojlanish bo‘yicha, jismda har qanday sifatiy o‘zgarish ro‘y beri- shiga qaramasdan, uni tashkil etgan materiyaning sifatiy tuzilish darajasi o‘zgarmasdan qolaveradi.

Masalan, notirik tabiatga mansub bo'lgan quyoshdagi rivoj- lanishni olib qaraylik. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, hozir sirtida 6 ming, ichida esa bir necha mln. darajali haroratga ega bo‘lgan quyosh borib-borib soviydi va qizil gigantga aylanadi, ya’ni quyoshning markazidagi termoyadro energiyasi so‘ngach, ichki zichligi pasayadi va markazdagi tortishish quvvati susayadi. Oqibatda quyosh shisha boshlaydi va Yer orbitasini ham o‘z ichiga olgan ulkan qizil yulduz vujudga keladi, u asta-sekin sovib, qizil karlikka, so‘ngra esa «qora karlikka», keyin bo‘lsa neytron yul- duzga aylanadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida borliqning tash- kiliy struktura darajasi o‘zgarmaydi, ya’ni jonsiz tabiat shaklidagi darajasi saqlanadi.

Jonli tabiatning vujudga kelishi, o‘simliklar va hayvonot ola- mining paydo bo‘lishi, odamning shakllanishi, jamiyatning vu-


104

judga kelishi singari sifatiy o‘zgarishlar esa, rivojlanishning ik- kinchi turiga kiradi.

Falsafa fanida harakatning bir-biridan sifatiy farq qiluvchi bir qancha boshqa shakllari ham o‘rganiladi.

Materialist bo‘lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumla- ganida, quyidagi mulohazalarga tayanib ish yuritadilar:




  1. harakat shakllari bir-birlari bilan sifat jihatidan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo‘ladi;



  2. materiyaning harakat shakllari bir-biri bilan genetik jihati- dan, kelib chiqishi jihatdan ketma-ket bog'langan, ya’ni harakat- ning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllari- dan kelib chiqqandir;



  3. harakatning yuqori shakllari tarkibidagi quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o‘zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir. Shu mulohazalarga tayangan holda, harakatning beshta shaklini ajratib olish mumkin. Ular — mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakatlardir.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin