Tayanch tushunchalar: Rim imperiyasi, xristianlik dini, sxo- lastika, apologetika, realizm, nominalizm, uyg‘onish davri falsa- fasi, ingliz falsafasi, fransuz falsafasi, nemis mumtoz falsafasi, XX asr falsafasi, tarix falsafasi.
Takrorlash uchun savollar
Rim imperiyasi va undan keyingi davr falsafasi.
Xristianlik va Yevropada ijtimoiy tafakkur.
Inkvizitsiya nima, uning oqibatlari haqida nimalarni bila- siz?
«Uyg‘onish davri» tushunchasini qanday talqin etasiz?
XX asr falsafasining asosiy oqim va yo‘nalishlari.
Hozirgi zamon falsafasini o‘rganishning ahamiyati.
mavzu. Borliq — falsafaning fundamental
kategoriyasi
Olam va odam munosabatlari. Siz bilan nz yashayotgan shu dunyo o‘zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibador- ligi va butun go‘zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam
89
tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan ma- konni aks ettiradi. Agar odam bo‘lmaganida edi, bu olam haqida- gi tasavvurlar ham bolmas edi. Demak, olam odam bilan maz- mundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon boladi. Hech narsasi yo‘q olam yo‘qlikdir. U mavhum tushuncha, ya’ni abstraksiyadir.
Qadimgi davrlardan buyon odam o‘zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini ta’minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib yetdi va ularni e’zozlash, avaylab-asrash tuyg‘usi shakllana boshladi.
Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to‘rt elementni: havoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g‘oyalar vu- judga keldi hamda olam to‘g‘risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bo‘lgan.
Olam, eng avvalo, tor ma’noda bu odam yashaydigan joy. Asli- da odamzod va hayvonot olami, o‘simlik va hasharotlar dunyosi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy olam va boshqa shu singari ko‘plab tu- shunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bo‘lgan narsa va hodisa- lar nomi bilan ataladi. Masalan, odamning ruhiy olami uning bilim, tajriba va xayolotini o‘z ichiga oluvchi o‘ta keng qamrov- li tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy, degan ma’noga qaraganda yanada kengroq mazmunga ega bo‘lamiz.
Dostları ilə paylaş: |