Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə29/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Fransuz falsafasi. 0‘rta asrlardagi Yevropa falsafasi taraq- qiyotida Fransiyada shakllangan milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o‘rin tutadi. Bu borada R. Dekart, Volter, Lametri, Gelvet- siy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nihoyatda muhim.

R. Dekart (1596—1650) falsafasida dualizm asosiy o‘rin tuta- di. Uning fikricha materiya va ruh borliqning asosida yotadi va xudoga bo‘ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u inson tafakkuriga bog‘liq bo'lmagan holda rivojlanadi va ta- komillashadi. R. Dekartning «Men fikr qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhurdir. Bilishda fikr va sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart ratsionalizm ta’limotining asoschisi bo‘lib hisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va mulohaza qilishi shubha ostiga olib bo‘lmaydigan jarayondir, undan boshqa hamma narsani tek- shirish shubha ostiga olish mumkin. Dekart o‘sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bo‘lib, o‘z davrida aniq fanlar sohasida katta ahamiyat kasb etgan deduksiya usulini falsafaga kiritgan olim hisoblanadi.




78

Lametri va Gelvetsiy, Didro va Golbax o‘z davrida fransuz liayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega bolgan milliy dav- latchilik, inson erkinligi va haq-huquqlari muammolariga alo- liida e’tibor qaratganlar. Fransuz millatini ma’naviy jihatdan yuksaklikka ko'tarish va ma’rifatli xalqqa aylantirish uchun o‘z asarlarida ana shu qadriyatlarga erishishning yo‘llari va usullarini ko‘rsatib berganlar.

Ular tomonidan yaratilgan ko‘p tomlik «Ensiklopediya» o‘sha . amonning ma'naviy muammolarini ma’rifatli yo‘l bilan hal qi- lish usullari va imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan «Yevropa qomusi» darajasiga ko'tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko'pgina ma'rifatparvar fransuz olim va mutaxassislari ham qatnash- gan bo‘lib, o'zining ahamiyati, muammolarining umuminsoniy nuqtayi nazaridan yechilishi, xalqchilligi va tilining fransuz mil- lati hayot tarziga yaqinligi bilan ensiklopediya XVIII asr Yevro- pasining tengi yo‘q kitobi edi. Aynan ana shu kitob mualliflari o‘zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789—1884-yil- lardagi Fransuz inqilobi qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquq- lar deklaratsiyasi»da ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlarni jamiyat taraqqiyotining eng ustuvor ma’naviy mezonlariga aylan- tirdilar.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin