Miqdor va sifatning bogMiqligi qonuni. Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqeligi tarzida ham namoyon bo‘ladi. Bu- ning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilar- li bo'lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
116
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi. Sifat narsa qanday bo'lsa, uni shundayligicha ko'rsatib beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bog‘liqlikda namoyon qiladi.
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nis- biy barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tu- shunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi, muqarrar sur’atda, xossa- ning o‘zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o‘zgarishi har doim sifatning o‘zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalar- ning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, o'lchovi, og‘irligi,. harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsifla- nadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy to- monga ega. Chunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xu- susiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo'lgan, ya’ni sifati bo‘lib miqdori, miqdori bo‘lib aksincha, sifati bo'lmagan nar- saning o‘zi yo‘q.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushun- chasida ifodalanadi. Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xos- dir. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘rtasida qat’iy qonuniyat mavjud bo‘lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir
117
bo‘ladi. Olamdagi barcha o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlari muay- yan chegarada sifatning barqarorligiga ta’sir etmaydi. Miqdoriy o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buzi- ladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Taraqqiyot jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyat- larga ham ega. Chunonchi:
birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miq- doriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o‘zgarishlariga o‘tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsa- larga muhim ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik holatini yo‘qotmaydi, keyin esa bug‘ga ayla- nadi, sifatini o‘zgartiradi. Demak, sifat o‘zgarishlari hodisalarni tubdan o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi;
uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi va ko‘p hollarda sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha tez, ayrim holatda to‘satdan sodir bo‘ladi;
to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qa- raganda tub o‘zgarish bo‘lib hisoblanadi.
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan si- fat o‘zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqi- yotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez o‘tadigan ja- rayondir.
Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalar- ning uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan ho- latgina emas, balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
118
Sakrashning turlari o‘z xarakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo‘lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraq- qiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu sakrash- lar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o'rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amal- ga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bo‘lish mumkin: bi- rinchisi — portlash yo‘li bilan bo‘ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda nar- sa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining as- ta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to‘planishi natijasida yangi sifat paydo bo‘ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega:
birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan obyektiv va qonuniy jarayondir;
ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;
uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;
to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab bo- rishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miq- dor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayonlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |