Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə51/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajra- tiladi.

Bilish subyekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim Mingan tadqiqotchi- olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini


137

bilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mum- kin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.

Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida in- sonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashti- rish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.

Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obyektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o‘rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bi- lish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.

Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy dara- jaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mav- judotlarga xos bo‘lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.

Insonning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo‘lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to‘g‘risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.

Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo‘lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o‘z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyat- larini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mo- hiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo‘ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi


138

va chalg‘ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to‘g‘risida bergan malumotlari hech qachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.

Tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir. Bunday bilish insondan alohida qobili- yat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to‘plashni, ijodiy xayolni talab etadi.

Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g‘oyibona bilishdir. 0‘zining butun borlig‘ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag‘ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobili- yatiga ega bo‘ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga taya- nadi. Buyuk shaxslarning g‘oyibona bilishi ularning doimiy ra- vishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog‘liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usul- larini aniqlash gnoseologiyada muhim o‘rin egallab keldi. Har bir fan o‘ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.

Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umum- lashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to‘plashning o‘ziga xos usullari mavjud bo‘lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.

Ilmiy bilishning metodlari mavjud va ularni o‘rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o‘z xarakteriga ko‘ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo‘linadi.

Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo‘lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va model- lashtirish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metod- lar bo‘lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.

Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o‘ziga xos xususiyat- laridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlash ish, anketa so‘rovi, hujjatlarni o‘rganish sotsiologiya faniga xos bo'lgan xususiy il- miy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish




139

metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to£g‘ri metodni tanlash bilishda muvaffaqiyat garovi hi- soblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o‘rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o‘rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to‘g‘ri belgilashga yordam beradi.

Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ilg‘or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davo- mida erishilgan muhim yutuq bo‘lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o‘sha yutuqlarga tanqidiy nuqtayi nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o‘zi erishgan yu- tuqlarga shubha bilan qarashni taqozo qiladi.

Fan, falsafa sohasida erishilgan yutuqlarni mutlaqlashtirish, ularga ko‘r-ko‘rona sig‘inish muqarrar ravishda dogmatizmni keltirib chiqaradi. Fan erishgan yutuqlar hamisha nisbiydir. Lekin bunday nisbiylikni mutlaqlashtirish relyativizmni, fan yutuqlariga ishonchsizlik bilan qarash esa, skeptitsizmni vujudga keltiradi. Fan taraqqiyoti uchun dogmatizm, relyativizm va skeptitsizm jid- diy xalaqit beradi.

Ilg‘or ilmiy nazariyalar ma’lum bir davrda ilmiy va falsafiy qa- rashlar yo‘nalishini o‘zgartirishi, ilmiylikning o‘ziga xos mezoni bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Charlz Darvinning evolyutsion nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi falsafiy va ilmiy dunyoqarashlarda muhim o‘zgarishlarni vujudga keltirdi.

Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Haqi- qat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o‘zining mazmuniga ko‘ra mutlaq va nisbiy bo‘lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bo‘lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vu- judga keladi.

Haqiqat o‘z mazmuniga ko‘ra hamisha obyektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq emasdir. Masalan, 0‘zbekistonning milliy mustaqilligi obyektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki ol- masligidan qat’i nazar, bu haqiqat o‘z mazmunini saqlab qolave-


140

radi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo‘ladi va o‘z qadrini yo‘qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir. U hamisha konkretdir. Hegel so‘zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo‘lsa, u haqiqatdir, haqiqat — vo- qelikdir. Haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.

Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini anglash muhim ahamiyatga egadir. Uzoq yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo‘lgan obyektivlik, xolis- lik ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX asr o‘rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo‘lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini qo‘ya boshladi. Aqlli mavjudot bo‘lgan inson har qa- chon tabiatni o‘rganishda hamisha o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoq- lama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafqatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo‘lish zaruriyati chuqurroq anglana boshladi.

Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning ta- lab va ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi: insoniyat o‘z tarixini yaratuvchi va o‘z-o‘zini biluvchidir.

Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga hech qanday qarshilik ko‘rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o‘zgaruvchi sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Ijtimoiy bi- lishga xos bo‘lgan muhim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murak- kab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va g‘oyalarni ham o‘rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bi iishning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida zarur bilimlarga ega bo‘lish mamlakatimizda bilimdon, har jihatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakllanti-




141

rishda alohida o‘rin tutadi. Bilish nazariyasi bo'lajak mutaxassis- kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirish- ga ko‘maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o‘rganish, ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin