Bilish va til. Til ong va tafakkur, bilish jarayonining insonga- gina xosligini isbotlovchi omillardan biridir. Xo‘sh, til deganda o‘zi nima tushuniladi? Til, bu eng avvalo, muayyan belgilar tizimi demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini shu bilangina cheklash to‘g‘ri emas. Negaki, muayyan belgilar tizimi hayvonlarga ham xos, ular yordamida jonzotlar o‘rtasida muayyan axborot alma- shinuvi sodir bo‘ladi.
Aytaylik, kabutarlarining «muhabbat» raqsi, jonzotlarning xavf-xatar paydo bo‘lganda turli tovush — belgilar yordamida bir-birini ogohlantirishi, ayrim hayvonlarning o‘zi yashaydigan hududni turli yo‘llar bilan «chegaralab» chiqishi ana shunday bel- gilar tizimining o‘ziga xos ko‘rinishlaridir. Lekin, jiddiy e’tibor beriladigan bo‘lsa, bu belgi — signallar tizimi uzoq davom etgan evolyutsiya davomida hosil qilingan reflekslar ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat’i na- zar faqat insongagina xos va u ong bilan uzviy bog'liqdir. Nega- ki, tilda ong gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o‘zi va boshqalar uchun voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan ma’no-mazmunning anglanishi insonning umumiy bilim dara- jasi, qiziqishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omil- larga ham bog‘liq bo‘ladi. Til fikrlash quroli, muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda. Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda qo‘llaydigan tabiiy til bilan bir qatorda muloqotning rang-barangligini ta’minlaydigan, fikrni ifodalashga xizmat qiladigan o‘ziga xos imo-ishoralar raqs, musiqa «tiliga» ham ega. Shunday bo‘lsa-da, ular so‘zga ko‘chgandagina anglashiladi, undagi mazmun tushunarli bo'ladi.
142
Shu bilan birga milliy tillar bilan bir qatorda ilm-fan yutuqla- rining tez tarqalishida muhim rol o'ynaydigan internatsional til — fan tili, uning tushunchalari va formulalari ham borligini unutmaslik kerak. XX asrda qollanish doirasi tobora kengayib borayotgan elektron hisoblash mashinalarining «beysik», «for- tan» kabi tillari yaratildi. Kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi roli tez o‘sib borayotgan hozirgi davrda bu «til»lar axborotlar- ning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta ahamiyat kasb et- moqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini ko‘rsatmoqda
Til o‘ziga xos tarixiy xotira rolini o‘tashini ham unutmaslik kerak. Bu milliy tillar misolida ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Zero, millat tilida uning o'zligi, bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, tafakkur tarzi aks etadi, mustahkamlanadi. Shunday ekan, mustaqillik sharoi- tida milliy tilimiz rivojiga alohida e’tibor berilayotganligi milliy o‘zligimizni anglashimizning o‘tish jarayonida milliy istiqbo- limizni belgilashning uzviy qismi sifatida qaralmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |