Falsafa asoslari


Bilish va o‘z-o‘zini anglash



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə53/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Bilish va o‘z-o‘zini anglash. Inson voqelikni aks ettirish bilan bir qatorda o‘zi haqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan jarayon- larni tahlil qilish, xatti-harakatlarini boshqarishdek qobiliyatga ham ega. 0‘zini o‘zgalardan ajrata bilish, o‘ziga munosabat, im- koniyatlarini baholash o‘z-o‘zini anglash sifatida namoyon bo‘ladi. 0‘z-o‘zini anglashda o‘zini bilish, baholash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar o‘z-o‘zini anglashning sohibiga — subyektiga ko‘ra farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatga xosdir.

Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi haqida gap ketar ekan, u o‘zini alohida organizm, oila, ijtimoiy guruh, millat, madaniyatga man- subligini va yuqoridagi xususiyatlaridan qat’i nazar alohida va betakror «Men» sifatida anglashdek bosqichlarni bosib o‘tishini ta’kidlash zarur.

Insonning kamol topish jarayoni, o‘z-o‘zini anglashning rivoj- lanishi o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Masalan, dastlabki davrda bolada avvalo, boshqalar tomonidan berilgan tasavvur va baholar ustunlik qiladi. Bolaning tafakkuri o'sishi bilan, u olamni mus- taqil anglay boshlaydi va o‘zining imkoniyatlarini o‘zi baholashga


143

o‘rganib boradi. Aynan mana shu davrda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiya muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, aynan mana shu tarbiya ta’sirida bolada o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ham yoki unga ortiqcha baho berib yuborish holati ham shakllanib qolishi mumkin.

Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonida u mansub bo‘lgan madaniyat, turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omil- lar ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday xilma-xil ta’sirlar mavjudligi shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, baholashi va faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. Aks hol- da ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga tortishi mumkin. Buni tushunib olish bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash tobora keskinlashib va intensivlashib bo- rayotgan bir sharoitda ayniqsa muhimdir.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin