O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbak tili va adabiyot universiteti
O'zbek filologiyasi fakulteti
307-guruh talabasi Toshpo'latova Sevaraning
Yoqut tilining leksik xususiyatlari
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
Bozorova Sabohat
Toshkent – 2021
Reja:
Turkiy tillar leksikasi
Leksik qatlamning boyish manbalari
Yoqut tili leksikasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Kirish.
Til - kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo'lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo'lmish jamoaning bebaho mulki bo'lib, o'zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi.
Ma'lumki, barcha turkiy tillar bir manba - turkiy tillar oilasiga birlashadi. Turkiy xalqlarning ilk 7- 10- asr yozma yodgorliklari - O'rxun- Enasoy va qadimgi uyg'ur yozuv bitiklarida turkiy qabilalar safida o'g'uzlarning nomi tilga olingan. U.Saraqulovning yozishicha, Mahmud Qoshg'ariyning "Devon"ida turkiy qavmlarning yetmishga yaqin urug'-qabilalari haqida ma'lumotlar uchraydi. Unda o'g'uz qabilasiga xos bo'lgan yigirma uchdan oshiq urug'lar nomma-nom qayd etilgan.
Turkiy tillar oilasi nazariyasiga ko'ra, turkiy tillarni tasnif qilishda ba'zi olimlar geografik o'rinlashishni asos qilib oladilar. Bu haqida G'.Abdurahmonov, Sh.Shukurovlarning "O'zbek tililing tarixiy grammatikasi" nomli asarida quyidagicha keltirilgan V.V.Radlov turkiy tillarni to'rt guruhga bo'ladi:
Sharqiy guruh - bunga oltoy, chulim turklari, qaragas, xakas, sho'r, tuva va yenisey turklari tillari kiradi;
G'arbiy guruh - Sibir tatarlari,qirg'iz, qozoq, boshqird, qoraqalpoq tillari;
O'rta Osiya guruhi - uyg'ur, o'zbek tillari;
Janubiy gurur - turkman, ozarbayjon, turk tillari, yoqut tili esa alohida guruhni tashkil etadi.
N.Baskakov va boshqa olimlar turkiy tillarni etnik tarkibiga kora tasnif qiladilar. Bu tasnifga ko'ra turkiy tillar sharqiy va g'arbiy turkiy tillarga bo'linadi.
Turkiy tillarning sharqiy guruhiga qadimgi uyg'ur, tuva, tofalar(karagas), yoqut, xakas, sho'r, chulem,altay, qirg'iz, oltoy tillari kiradi. O'zbek tili tarixi bilan bevosita aloqador bo'lgam g'arbiy tarmoq turkiy tillar quyidagicha guruhkarga bo'linadi:
O'g'uz guruhi(yoki janubiy va janubi-g'arbiy guruh), qipchoq guruhi yoki g'arbiy va shimoli-g'arbiy guruh, qarluq guruhi yoki O'rta Psiyo guruhi.
Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o'rganish nisbatan ancha keyin 19-asrning oxiri, asosan, 20-asrning birinchi yarmida hind-ovrupa, fin-ugor va boshqa til oilalari qiyosiy grammatikalari manbaida vujuda keldi. Shunga ko'ra ham, turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o'rganish, ularning mukammal ilmiy-qiyosiy grammatikalarini yaratish hozirgi turkiy tillar tilshunosligi oldidagi hali to'la hal qilinmagan, hal qilinishi lozim bo'lgan eng muhim muammolardan biridir. Bu muammolarni qiyosiy-tarixiy tilshunoslik oldiga qo'yilgan asosiy tamoyillar asosida hal qilish hozirgi turkiy tillar qiyosiy grammatikasining maqsad va vazifalari, mazmun va mundarijasini ham belgilab beradi.
Tillarni qiyosiy o'rganish garchi, 18-19-asralarda G'arb mamlakati tilshunoslari tomonidan asoslangan deyilsa-da, aslida bu Sharqda o'rta asrlarda boshlangan bo'lib, turkiy tillarni qiyosiy o'rganishning asoschisi11-asr mutafakkir tilshunosi Mahmud ibn Husayn Muhammad Qoshg'ariydir. Uning bizgacha "Devoni lug'otit turk" ( Turkiy so'zlar to'plami) asari yetib kelgan. "Devoni lug'otit turk"ikki qism - muqaddima va lug'at qisnlaridan iborat bo'lib, uning muqaddima qismida muallif o'sha davrda Shimoliy Xitoydan tortib butun Movarounnahr, Xorazm, Farg'ona, Buxorogacha yoyilgam katta hududlarda yashovchi urug'lar, qabilalar, elatlar va ularning fonetik va morfologik xususiyatlari haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.
19-asrda turkiy tillarni qiyosiy o'rganuvchi g'arb va rus turkiyshunos tilshunoslarining peshqadami Vasiliy Vasilevich Radlov o'zining hozirgacha butun turkiy tilshunoslikda mashhur bo'lgan lug'ati "Opit slovarya tyurkskix narechiy"(Turkiy lahjalar lug'ati tajribasidan) asarining so'zboshisi turkiy til va lahjalarni o'rganishga 1859-yildan boshlab kirishganligini yozadi. B.V.Radlov shundan keyingi qariyb yarim asr mobaynida turkiy elat va xalq og'zaki ijodini tadqiq qilish bilan birga ularning til va lahjalari leksikasi bo'yicha ham behad ko'p material to'plab, 1889-1911-yillarda Sankt-Pererburg matbaasida o'zining to'rt jild sakkiz qismdan iborat bo'lgan yuqorida qayd qilingan qiyosiy "Lug'at"ini nashr qildirdi. Nashriyot shu "Lug'at"ni turkiy tillar leksikasi ko'lami va ilmiyligi jihatidan V.V.radlovning eng buyuk muvaffaqiyati deb baholaydi. Darhaqiqat, "Lug'at" o'z qiymatini hozirga qadar ham yo'qotgan emas.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo'lsak, bir bobo tildan tarqalgan turkiy tillarning o'zaro o'xshash va farqli tomonlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Turkiy tillar leksikasi
Leksika (yunoncha.lexis - so'zga oid, lug'aviy) - tildagi barcha so'zlar va iboralar yig'indisi, tilning lug'at tarkibi. Leksika ma'lum qonun-qoidaga bo'ysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til leksikasi to'xtovsiz o'zgarib turadi. Bu narsa lug'at tarkibidagi yangi so'zlarning paydo bo'lishi, mavjud so'zlardan ayrimlarining eskirib, iste'moldan chiqishi, leksik ma'nosini uzaytirib, yangi ma'no kasb etishi kabi jarayonlarda ko'rinadi.
Ma'lumki, qiyosiy-tarixiy metod qardosh tillarda bir-biriga teng bo'lgan faktlarni solishtiradi va ularning tarixiy shakllarini shakllantiradi. Qiyosiy-tarixiy metod asosida qarindosh tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy morfologiyasi, so'z yasalishi o'rganiladi. Lekin qiyosiy leksika, semantika va sintaksis sohalarida(rajada) ko'p tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun bu sohada qiyosiy-tarixiy metodning o'ziga xos muammolari mavjud. 1.Qayta tiklangam so'z yoki uning biror qadimiy formasi qaysi davrga oidligi ma'lum emas. 2.Tiklangan turlanishi va tuslanish sistemalarini o'tmishdagi birorta tilga mansub deb bo'lmaydi. 3.Qiyosiy-tarixiy metod asosidagi etimologiyalar, odatda, munozarali bo'ladi. Ba'zi faktlar barcha qarindosh tillarda uchramaydi. Natijada o'sha so'zning qadimgi holatini tiklab bo'lmaydi.
Turkiy tillar leksikasining tarixiy taraqqiyoti boshqa tillarda bo'lgani kabi alohida so'zlar tarixi bilan bog'liq holda yuzaga chiqadi. Ya'ni: yangi so'zing paydo bo'lishi, ma'no taraqqiyoti (arxaizmga aylanib qolish, mustaqil ma'nosini yo'qotib yordamchi so'zga va yoki affiks holiga kelib qolishi)dagi o'zgarishlar nazarda tutiladi.
Turkiy tillar leksikasiga xos eng muhim xarakterli jihatlaridan biri fonetik o'zagarishga kam uchragan. Aksariyat so'zlar qadimgi yodgorliklarda qanday qo'llangan bo'lsa, hozirgi turkiy tillarda ham shunday qo'llaniladi. Faol leksikaning ko'p qismi ifodalagan tushunchalarni saqlab qolgan. Ammo so'zdagi o'zgarishlarning sabablarini ochib berishi eng ahamiyatli masala hisoblanadi. Negaki leksika taraqqiyotidagi qonuniyatlar alohida olingan bir umumiy semantikaga bog'liq so'zlar guruhimi tadqiq etish yo'li bilan ochib beriladi. Bu yo'nalishda A.B.Shcherbak ( Turkiy tillardagi uy va yovvoyi hayvon nomlari), E.R.Tenishev, A.A.Yuldashev, L.A.Pokrovskaya, N.Z.Gadjiyeva, N.K.Dmitriyev, I.Islomov v.b (O'rta Osiyo va Qozog'iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot) A.Xamitova (Turkiy tillarda so'z ma'nosining analitik yo'l bilan kuchaytirish), S.Ibrohimov (Farg'ona shevalarining kasb-hunar leksikasi) kabilarning tadqiqotlari mavjud.
Qiyosiy-leksikaning o'rganilishi qardosh tillarni qiyosiy o'rganish ma'lum tilga oid bilimmlarni yanada chuqurlashtirishga, tillararo mushtarak hamda o'ziga xos xususiyatlarni aniqlashga, mavjud nazariy fikrlarni to'g'ri hal etishga yordam beradi. Shuningdek, ilmiy-qiyosiy grammatikaning yaratilishiga zamin yaratadi. Hanuzgacha turkiy tillar leksikasiga xos so'zlarni tematik guruhlarga ajratilib qiyosiy o'rganish bo'yicha tadqiqotlar unchalik ko'p emas. Shunga qaramasdan, turkiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy tillarda sohalr leksikasiga xos nomlarni qiyosiy-tarixiy jihatdan o'rganish bo'yicha N.Ismoilov va boshqalarning "O'rta Osiya va Qozog'iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot" nomli asari mavjud ekanligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishda turkiy tillarda uy-ro'zg'or buyumlari leksikasi, mevali daraxt nomlari , poliz ekinlari nomlarining o'zbek, uyg'ur, qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman tilidagi ifodalanishi qiyosiy olamda tadqiq etilgan.
Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning o'zagarishi bilan uzviy
bog'langan holda leksika boyib boradi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlardan biri leksik tarkibning bir-biriga yaqinligi hamda grammatik qurilishning mushtarakligidir. Shuning uchun chuvash ba yoqut tillaridan boshqa hamma turkiy tillar bir-biriga tushunarlidir.
Dostları ilə paylaş: |