Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə60/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Jahon sivilizatsiyasi. Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo‘lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zamini- mizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo‘lgan Yer yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo‘lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog‘liq jarayonlar majmuasini o‘zida aks ettiradi.

Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsi- yaning asosiy tamoyillari bilan uzviy aloqador ekan, Respublika- mizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg‘unlashuvi ham ko‘p jihatdan ana shunga bog‘liq. Hozirgi paytda insoniyat o‘z rivoji- ning yangi bosqichiga ko‘tarildi. U o‘zida moddiy ishlab chiqarish yutuqlarini, insoniyat tomonidan orttirilgan tajribalarni, jahon miqyosida paydo bo‘lgan muammolarni oqilona hal etish yo‘llari va usullarini mujassamlashtiradi.

0‘zbek xalqi Sharq sivilizatsiyasi bag‘rida kamol topdi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o‘zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag‘alparvarlik va boshqalar. Sharq sivilizatsiyasi- ga xos belgilardir. 0‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at va madaniyat sohasidagi ulkan yu- tuqlari bilan munosib hissa qo‘shmoqda. Milliy mustaqillik yil- larida 0‘zbekiston o‘z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va


154

boy madaniyatiga tayanib, Sharq va G£arbning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, dunyoviy sivili- zatsiya yo'lidan bormoqda.

Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon ya- shab qolishi va kelajakda baxtiyor bo'lishi jahon sivilizatsiyasi- ning asosiy maqsadi va yo‘nalishiga aylanib qoldi. Shu ma’noda, Yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb ataladi- gan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri, hamkorligi sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi.

To‘g‘ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponi- ya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko‘p jihatdan jahon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, muayyan jarayonlarning yo‘nalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha, Andorra yoki Monakolan toki Fransiyagacha o‘z o‘rni, o‘ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu ma’noda, ularning har biri, hudu- dining katta-kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qat’i na- zar, Birlashgan Millatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim ele- ment sifatida kirib borgan.

Jahon hamjamiyati o‘zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o‘ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa, 0‘zbekiston alohidalikni ifodalaydi. 0‘zbekiston mustaqillikka erishganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavqei esa bu mintaqa- ning asosiy taraqqiyot yo'nalishlarini ko‘p jihatdan belgilaydi.

Har bir xalq, millat o‘zining betakror, noyob xususiyatla- rini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyati- ga qo‘shilib boradi. Bunday qo‘shilish ko‘p qirrali, rang-barang bo‘lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlat- lararo munosabatlarni qamrab oladi.

Jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo‘lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer


155

yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydala- nishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mus- taqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan xalqlarning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bo‘lgan madaniyatning rolini anglash muhimdir. Agar ishlab chiqarish kuchlari sivilizatsiyaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyo- fasini, o‘ziga xos rangini belgilab beradi. Hatto ishlab chiqarish kuchlariga ham o‘ziga xos xarakterlilik, ahamiyatlilik beradi. Bu bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkillashuvini, ya’ni sivili- zatsiyaning shakllanishini, mavjud bo‘lishi va rivojlanishini bel- gilab beruvchi o‘ziga xos negiz vazifasini o‘taydi. Demak, sivili- zatsiya madaniyatning konkret namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettiradi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin