Madaniyatshunoslik. Hozirgi vaqtda madaniyat va madaniy hodisalar «Madaniyatshunoslik» («Kulturologiya») fanining asosiy obyekti sifatida oliy o‘quv yurtlari doirasida keng miqyos- da o‘rganiladi. Madaniyatshunoslik mustaq llik yillarida mam- lakatimizda keng taraqqiy etayotgan falsafiy fan sohalaridan biri- dir. Sobiq ittifoq davrida bu fan umuminsoniy ma’noda o‘qitilmas
157
edi. Aslida esa, jahon falsafasida madaniyat to‘g‘risidagi alohida bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va jamiyat ha- yotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat be- radi. Madaniyatshunoslik madaniyatdagi rang-baranglikni e’tirof etadi, madaniyatning universal xarakterga ega bo‘lgan tarixiy na- munalarini bir-biridan farqlaydi.
Madaniyat falsafasi. Madaniyatning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, bir butun hodisa sifatida o‘rganuvchi falsafiy fan «Madaniyat falsafasi»dir. Falsafiy qonun va kategoriyalarni bilish madaniyat va uning rivojlanish muammolarini nazariy-metodologik jihat- dan to‘g‘ri yechish uchun zamin yaratadi. Ayni paytda madani- yat falsafasi madaniyatning xilma-xil ko‘rinishlarini tahlil qilish asosida falsafiy qonunlar va tushunchalarning mazmunan boyi- shi, falsafaning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining kengayishi va chuqurlashuvi, u ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning boyishi va takomillashuviga xizmat qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy taraqqiyotning subyektiv, ya’ni kishilar faoliyati bilan bog‘liq ji- hatlariga alohida e’tibor beradi. Madaniyat falsafasining pred- meti doirasi madaniyat masalalari bilan cheklangan. Shu bois madaniyat tushunchasi keng talqin qilingan taqdirda ham butun jamiyatni qamrab ololmaydi. Madaniyat falsafasi boshqa fanlar ma’lumotlaridan foydalanish bilan birga o‘zining empirik ma- teriallarini yig‘adi va tahlil qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy- gumanitar fanlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lib, ularning kategori- yalaridan faol foydalanadi. Bundan tashqari, madaniyat falsafasi semiotik, strukturaviy, postmodern, antropologik yondashuvlar nuqtayi nazaridan o‘rganilishi mumkin. Shunday qilib, madani- yat falsafasining talqin etilishi borasida turli-tuman yondashuvlar mavjud bo‘lsa-da, bu tushuncha va hodisaga yaxlit, umume'tirof etilgan konsepsiya nuqtayi nazaridan yondashish ehtiyoji saqlanib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |