Falsafa asoslari


«Sivilizatsiya» tushunchasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə59/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

«Sivilizatsiya» tushunchasi. Ma’lumki, lotin tilidagi «civilis» so‘zi asosida shakllangan, fuqaroviy, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixida dastlab shot- land tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723—1816) jahon tari- xiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz ma’rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, degan ma’noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida ishlatgan bo‘lsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa, ak- sincha, uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyat- ning halok bo‘lish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o‘ziga xos va nisbatan yopiq bo‘lgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan.

Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xil- lik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1) ij- timoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum bir bosqichini (masalan, neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon sivilizatsiyasi); 3) ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 4) geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi); 5) diniy mansubligiga ko‘ra, farqlanuv- chi madaniy birliklarni (masalan, xristian yoki islom sivilizatsi- yasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yer sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivi- lizatsiyalar); 7) etnik asosga ko‘ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklarni (masalan, qad. Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) va shu kabi ma’nolarni ifodalash uchun qo‘llanib ke moqda.

Sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifatiy o‘ziga xosliginij u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish


153

kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Bu- larning barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu sifatiy xususiyatlarning yo'qolishi sivilizatsiyaning halokatini anglatadi.

Ushbu mulohazalardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, sivilizatsiya tushunchasi muayyan xalq, mamlakat (jamiyat)ga yoki uning rivojlanishining sifatiy jihatdan farqlanuvchi ayrim bosqichlariga nisbatan ishlatilgandagina, u aniq ilmiy mazmunga va demakki, metodologik ahamiyatga ega bo'ladi. Aynan etnik birliklar, mamlakatlar darajasida sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi, asosiy xarakteristikalari o‘zini yaqqol namoyon etadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin