«Madaniy boyliklar» tushunchasi. U ajdodlardan avlodlarga vorisiylik asosida yetib kelgan, insoniyatning buguni va kelajagi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy boy- liklar, butun insoniyat mulkini tashkil etmehi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklarni ifodalaydi. U xalqning, millatning asrlar mobaynida yozma manbalar va xalq og‘zaki ijodida ifodalangan,
159
obyektivlashgan va subyektivlashgan narsa va buyumlarda aks et- tirilgan moddiy, ma'naviy faoliyat mahsulidir. Unda bilim, tajri- ba, dunyoqarash, ma'naviyat va ma’rifat uyg‘un tarzda muhrlan- gan. YUNESKO tashkiloti 1972-yilda jahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgan (1975-yildan kuchga kirgan). Jahon Madaniy boyliklari ro‘yxatiga jami 721 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan. Ular ora- sida 0‘zbekistondagi Xiva (Ichan qal’a), Buxoro, Shahrisabz va Samarqandning tarixiy markazlari ham bor.
Madaniyatning umuminsoniyligi va milliyligi. Bu sohada umumbashariyatga xos bo‘lgan jihatlarni biz madaniyatdagi umuminsoniylik, millatning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarni esa madaniyatning milliyligi deb ataymiz. Aslida esa milliylik va umuminsoniylik bir butun madaniyatning ikki tomoni, bir- birini taqozo etuvchi jihatlardir. Madaniyat ana shu ikki jihat- ning uzviy aloqasi va bir butunligi orqali namoyon bo'ladi. Mil- liylik — madaniyatning joni, uning millat bilan bog'liq yashash usuli, millatning unda namoyon bo‘ladigan ruhidir. Umumin- soniylik esa madaniyatning butun jahonga xosligi, ana shundan kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining barcha davr va hududlarga xos umumiy tamoyillaridir.
Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tabiiy ravishda xalqlar va millatlarning bir-biri bilan iqti- sodiy, siyosiy, axloqiy sohalardagi hamkorligi uzviy bog‘liqdir. Bi- roq bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zo‘rlab targ‘ib etish, joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Milliy madaniyat- ning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yo'lidan borishi va o‘ziga xos sivilizatsiya yaratishida muhim aha- miyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |