123
yonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tar- zida vujudga kelgan.
Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalar- ning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik — olamdagi alohi- da, individual tarzda namoyon bo'layotgan narsa-hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlar- ning mushtaraklashgan holda namoyon bo'lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosa- bat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo‘lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alo- hidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, fal- safiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohida- likning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan ibo- ratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo‘llash bo- zor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo'lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsa- ning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muay- yan turg‘unlikka ega bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun,
124
Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo'lish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohida- likning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muay- yan qarashlar vujudga kelishi mumkin (bu haqda «Osiyotsen- trizm» va «Yevropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojla- nishida muayyan ichki birlik mavjud bo'lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madani- yatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllan- tirgan asosiy sabablardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlar- ning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivoj- lanishisiz sodir bo‘la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o'rtasidagi bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy, ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqti- sodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mi staqil yo‘nalishlarga asos bo'lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo'lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish
125
tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chiqqan bo'lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |