Falsafa asoslari


Tushunchalar o‘rtasida munosabatlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə95/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Tushunchalar o‘rtasida munosabatlar


Avval ko‘rib o‘tganimizdek, tushunchalar hajmiga ko‘ra bir- biridan farq qiladi. Ba’zilarining hajmi keng, boshqalariniki tor, ba’zilarining hajmi boshqalarining hajmiga kiradi va h.k. Shu- ningdek, mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan («talaba» va «hunarmand») yoki juda uzoq bo‘lgan («qalam» va «tog‘») tu- shunchalar ham bor. Mazmuni biror umumiylikka ega bo‘lgan tushunchalarni o‘zaro taqqoslash mumkin, mazmuni bir-birdan


1 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida. /0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 34-son, 426-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda.


214






uzoq bo'lgan tushunchalarni esa taqqoslab bo'lmaydi. Aytish mumkinki, ba’zi tushunchalar mazmuni va hajmiga ko‘ra yaqin bo‘lsa, boshqalari uzoq bo'ladi.

Umumiy belgilarga ega bo'lgan, mazmuni va hajmi jihati- dan bir-biriga yaqin turgan tushunchalarga taqqoslanadigan tu- shunchalar deyiladi. Masalan, «kvadrat» va «romb», «muhandis» va «olim» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushuncha- lar hisoblanadi.

Bir-biri bilan uzoq aloqada bo'lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo'lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalar taqqoslanmaydigan tushunchalardir. «Planeta» va «daraxt», «baxt» va «non» tu- shunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushunchalarni taqqoslash albatta fikrning xato bo‘lishiga, noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Noto‘g‘ri, xato fikr xatti-harakatlarning ham noto‘g‘ri bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, «baxt» va «qimmatbaho taqinchoq» tushunchalari- ni taqqoslab bo'lmaydi. Shuning uchun insonning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi uning qimmatbaho taqinchoqqa ega ekanligiga bog‘liq emas.

Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganiladi. Taqqoslanadigan tushuncha- lar hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Hajmi umumiy elementlarga ega bo‘lgan tushunchalar sig‘ishadigan tu- shunchalar bo‘lib, ularning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mav- jud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin