Quyidagi misollardan qaysi qatordagisi faqat ruh olamiga mansub? #g’oya, nazariya, gipoteza
Qaysi qatorda «birinchi tabiat» narsalari to’g’ri ko’rsatilgan? #o’simliklar olami, hayvonot olami, okeanlar
«Ikkinchi tabiat» elementlari to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang. #shahar, qishloq, aholi punkti
Olamni va borliqni faqat sub’ektning ongiga bog’liq degan ta’limotni ilgari suruvchi oqim. #Sub’ektiv idealizm
Falsafada о’zining mavjudligi uchun о’zidan boshqa hech narsaga muhtoj bо’lmagan birinchi asosga nima deyiladi? #Substansiya
Substansiyaning ikki turga farqlanishi qanday ta’limotning kelib chiqishiga asos bо’ldi? # Dualizm
Olamni doimo harakatda va rivojlanishda deb targ’ib qiluvchi oqim #Dialektika
Tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday о’zgarishi bu - ... #Harakat
Mazkur fikr muallifi kim: «Miqdor uchun kо’payish va kamayish, sifat uchun – о’zgarish, makon uchun – kо’chib yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish va yо’q bо’lish mavjud»? #Aristotel
Issiqlik, yorug’lik, elektromagnitizm harakatning qaysi shakliga mansub? #fizik
Borliqdagi tarkibiy bog’lanishlarni ifodalovchi kategoriyalar juftligini aniqlang. #butun va bo’lak, sistema va element, xususiylik va umumiylik, hodisa va mohiyat, shakl va mazmun
«Taraqqiyot» tushunchasiga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang. #murakkab sistemalarning uzoq muddat davomidagi izchil va sifatiy o’zgarishi jarayoni
Sababiyat prinsipining mohiyatini ifodalab bering #oqibatni keltirib chiqargan barcha holatlar yig’indisigina sababiy asos bo’lishi mumkin
Bilish xaqidagi ta’limot bu - ...? #Gnoselogiya
«Insonning tabiat, jamiyat va o’zi to’g’risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turi» deb berilgan ta’rif qaysi falsafiy kategoriyaga taalluqli? #Bilish