Bilishda sub’ektning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.
Bilishda ob’ekt qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
Gnoseologiyaning asosiy muammosi qaysilar?
Gnoseologiyaning epistemologiyadan farqi nimada?
Bilishning mohiyati nimadan iborat?
Falsafiy bilimning boshqa bilim turlaridan farqi nimada?
Ilmiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
Bilishning mohiyati nimada?
Bilish jarayonida qarama-qarshilik mavjudmi?
Bilishda sub’ektning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.
Bilishda ob’ekt qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
Gnoseologiya nima?
Optimizm, skeptitsizm, agnostitsizm nima?
Bilimning qanday shakllarini bilasiz?
17. Haqiqat nima? Falsafada haqiqatning qanday konsepsiyalari mavjud?
18. Mutlaq va nisbiy haqiqatning o‘zaro nisbati haqida gapirib bering.
19. Haqiqatning qanday mezonlari bor?
20. YOlg‘on, dezinformatsiya, yanglishish nima?
21. Haqiqatni aniqlashda emotsiyalar qanday rol o‘ynaydi?
Adabiyotlar: A-1,2,5. Q-1,3,5, 36. E-1-2.
6-mavzu:Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari (2 soat) Reja: Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari.
Falsafaning asosiy qonunlari.
4. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.
Umumilmiy tadqiqot metodlari. Ular falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – muayyan umumiy darajani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy tushunchalarga ko‘proq umumiy abstrakt (bir xil) daraja xoski, bu ularni abstrakt-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) echishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. Umumilmiy metodlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funksional, kibernetik, ehtimoliy yondashuvlar, modellashtirish, formalizatsiya hamda boshqalar kiradi.
Umumilmiy tushunchalarning muhim roli shundan iboratki, ular o‘zining «oraliq xususiyati» bilan falsafiy va alohida ilmiy bilimning (shuningdek tegishli metodlarning) o‘zaro o‘tishini ta’minlaydi. Gap shundaki, birinchi bilim ikkinchi bilimga sof yuzaki tarzda, bevosita o‘tmaydi. SHuning uchun ham maxsus ilmiy mazmunni darhol falsafiy tushunchalar tilida ifodalashga urinishlar, qoida tariqasida, nokonstruktiv va samarasiz bo‘ladi.