O‘rta asrlarda Qadimgi Gretsiyada shakllangan mantiq ilmi yangi mazmun bilan boyidi. IX–XI asrlar YAqin va O‘rta SHarqda mantiqiy ta’limotlarning rivojlanishidagi eng samarali davr bo‘lib hisoblanadi.
IX asrga kelib grek mantig‘i butun musulmon epistemologiyasi (bilish nazariyasi)ning asosi bo‘lib qoldi. Mantiqni ular ba’zan «hunar» yoki «san’at» va ko‘proq «ilm» deb atashgan. Mantiq ilm sifatida ma’lum bilimlarni yaratish, ularni asoslash va tasniflash sistemasini bergan. U «haqiqat»ni bilish yo‘llari haqidagi ilm sifatida tarixchilarning va muhaddislarning bahslariga, musulmon huquqshunosligiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
XI asrlarda mantiq masalalari bilan astoydil shug‘ullangan O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiylarni ko‘rsatish mumkin.
Mantiq masalalarini keng va izchil tadqiq etgan mutafakkir Al-Forobiy (873–950 y.y.)dir. Mutafakkirning ta’kidlashicha, mantiq san’ati intellektning mukammallashuviga olib keluvchi va insonni haqiqat tomon yo‘naltiruvchi qonunlarning majmuasini o‘rganadi. U «Falsafani o‘rganishdan avval nimalarni bilish kerak» nomli risolasida falsafiy argumentlash bilan, ya’ni falsafiy masalalarni asoslash, isbotlash bilan tanishishdan avval sillogizmlarni, ya’ni mantiqiy xulosa chiqarish usullarini bilib olish zarur, deydi.
U to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy prinsiplari: aynanlik, hukmlarning o‘zaro zid bo‘lmasligi, izchilligi, har qanday xulosaning etarlicha asoslanganligi kabi muhim mantiqiy masalalarni ham har tomonlama ishlab chiqdi.
Forobiyning mantiqiy ta’limoti YAqin va O‘rta SHarq-da, O‘rta Osiyoda mantiq fanining keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Xususan, IX–X asrlarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy, YAhyo ibn Ali Abu Sulaymon, Abu Xayyan kabilar Forobiyning mantiq sohasidagi g‘oyalarini davom ettirdilarX asrga kelib mantiq ilmi falsafiy bilimlarning eng muhim qismiga aylanib qoldi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X asr)ning «Mafotih-al-ulum» (Ilmlar kalitlari) asaridagi fanlar klassifikatsiyasida mantiq ilmiga alohida o‘rin berilishi fikrimizning dalilidir.
Forobiyning mantiq sohasidagi ishlarining davomchilaridan yana biri turli ilm sohalariga oid qator asarlar yaratgan, o‘z davrining dunyoga mashhur qomusiy olimi Abu Ali ibn Sinodir (980–1037 y.y.). asoslarini, ikkinchi o‘rinda metafizikani, so‘ng boshqa fanlarni bayon qiladi.
Ibn Sino mantiq fanini ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni keltirib chiqarish, ularni bir-biridan farq qilish, chin va xato bilimlar, ularning turlarini o‘rganuvchi fan yoki nazariy san’atdir, deb ta’riflaydi..
Ibn Sinoning mantiq ilmida tafakkur shakllari bo‘lgan tushuncha, hukm, xulosa chiqarish, ularning tuzilishi, turlari, shuningdek, isbotlash masalalari keng va har tomonlama tahlil etiladi.