Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Din va san’at o‘rtasidagi bog‘liqlik



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə125/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Din va san’at o‘rtasidagi bog‘liqlik
O‘rta asrlar tarixda umumjahoniy dinlarning vujudga kelishi va mustahkamlanishi bilan muhim o‘rin egallaydi. Insoniyatning nisbatan afkor qismi bu davrda tavhidni anglab etdi. Natijada jahonning juda katta qismida – Osiyo, Ovro‘pa va Afrikada asosan uchta din hukmronlik mavqeini egalladi. Arabiston, Eron va Turon mintaqalarida – musulmonlik, Hindi-Xitoy mintaqasida – buddhachilik, Ovro‘pada – nasroniylik umumjahoniy dinlar sifatida maydonga chiqdi.
Ideal muammosi ham diniy–badiiy janrda o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. Umuman olganda, idealni ma’lum ma’noda, antiqa holat–paradoks deyish mumkin: unda bor narsa yo‘q narsaning mezoni bilan o‘lchanadi, ya’ni mavjud narsaga yoki hodisaga o‘sha paytda mavjud bo‘lmagan narsa yoki voqelik talablari bilan yondashiladi. Masalan, axloqiy idealni olaylik. U, shubhasiz, insonni kelajakda erishilishi lozim bo‘lgan axloqiy yuksaklikka, ya’ni oldinga chorlaydi. Lekin uning uchun o‘tmishdagi axloqiy qiyofa xizmat qiladi. Buning ustiga, diniy-badiiy ideal hayotiy idealdan keskin farq qiladi-u hech qachon o‘zgarmaydi: hech qachon biz uchun – Muhammad alayhisalomdan, nasroniylar uchun – hazrati Isodan, yahudiylar uchun – hazrati Musodan o‘zga ikkinchi payg‘ambar paydo bo‘lmaydi. Hayotiy ideal esa, o‘zimiz hayotimiz davomida shohid bo‘lganimizdek, vaqt, mafkura, davlat tuzumi, milliy ozodlikni yo‘qotish yoki unga erishish va shu singari omillar tufayli o‘zgarib turadi.
Barcha umumjahoniy dinlar, yuqorida aytganimizdek, san’at bilan aloqador. SHu sababli ba’zi bir aqidaparastlarning islom dini san’at bilan sig‘ishmaydi, degan gaplari butunlay noto‘g‘ri. Zero, Qur’oni karimning o‘zi har jihatdan mutlaq ilohiy san’atdir. Undagi ohang, qofiyalar, uslub, qissalar hammasi mo‘minlar qalbida Allohning buyuk, qudratli va go‘zal zot ekaniga ishonch tuyg‘usini, uning go‘zalligidan hayratlanish hissini uyg‘otadi. CHunonchi, «YUsuf» surasidagi YUsuf alayhissalom qissasi badiiy asar sifatida ham kishini tong qoldiradi. Suraning 3–oyatida Alloh shunday marhamat qiladi: «(Ey Muhammad) Biz Sizga ushbu Qur’on surasini vahiy qilish bilan qissalarning eng go‘zalini so‘ylab berurmiz». Taniqli islomshunos, Qur’onga sovuq tadqiqotchi nigohi bilan emas, balki ulkan hayajon va ehtirom ila murojaat qilib, uni bosh harflar bilan yoziladigan «Kitob» deb atagan Mixail Borisovich Piotrovskiy YUsuf qissasi haqida so‘z yuritar ekan, uni bir umumiy ohangga ega, deyarli bir qofiyadagi yaxlit badiiy asar deb ta’riflaydi; uning, boshqa qur’oniy hikoyatlardan farqli o‘laroq, tinglovchilarga shakliy–badiiy jihatdan ham lazzat baxsh etishga mo‘ljallanganini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, Qur’oni Karimdagi YUsuf qissasi Allohning o‘zi tomonidan so‘ylangan ilk islomiy diniy–badiiy asardir, islomiy san’atning ilk va go‘zal namunasidir. Demak, san’atning, xususan, so‘z san’atining ibtidosi Allohdandir.
SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlash joiz. Ba’zi ovro‘palik sharqshunoslar va san’atshunoslar islomiy san’atga jiddiy e’tibor qilmasdan, mensimasdan munosabatda bo‘ladilar. Buning asosiy sabablaridan birini, bizningcha, islomiy san’atning mohiyatini, o‘ziga xos uslubiy sirlarini tushunib etmaslikdan, ikkinchisini– ovro‘paparastlikdan va uchinchisini, islomni nasroniylikka nisbatan quyi darajadagi din deb qarashdan izlamoq lozim. Ularning fikriga ko‘ra, go‘yoki islomiy diniy-badiiy asarlar chuqur falsafiy mohiyatdan yiroq, olam haqida bir butun, yaxlit tasavvur bera olmaydigan nisbatan mavhum san’at. J. Dyuamel, X. Gibb, L. Massinon, A. Myuller, N. Xanikov singari ovro‘palik olimlar ana shunday fikr bildiradilar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin